Sport bilan shug‘ullanish yoki vaqti-vaqti bilan parhez qilishda ham tanada vazn ortishi kuzatilyaptimi? Noma’lum sabablarga ko‘ra, vazn ortishi qandaydir kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin. Albatta, uni vaqtida aniqlash zarur.

Foto: Yandex

Agar charchoq bo‘lsa — gipotireoz

Tana vazni ortayotganda gumon qilingan kasallikning birinchisi — gipotireoz. Ushbu kasallikdan har sakkiz ayolning biri aziyat chekadi. Qalqonsimon bez modda almashinuvi jarayonini me’yorga solishga yordam beradi, agar u yaxshi ishlamasa, oshqozon faoliyati susayadi. Charchoq, teri qurishi, soch to‘kilishi — kasallikning alomatlari hisoblanib, uni davolash mumkin.

Hayz sikli buzilsa — polikistoz

Ushbu kasallikka har besh ayolning biri chalinadi. Bu endokrin jihatdan buzilish bo‘lib, reproduktiv gormonlarning nomuvofiqligi bir qancha noxush kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi. Masalan, betartib kunlar, yuz qismda tuklarning o‘sishi va migren. Shuningdek, polikistoz organizmda insulin moddasining ishlab chiqarilishiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Doimiy tushkunlik — depressiya

Tushkunlik surunkali davom etadigan hollarda inson doimo nimadir bilan kurashadi. Organizmda adrenalin va kortizol moddasi kamayishi hisobiga qorinda yog‘ yig‘ila boshlaydi. Shuningdek, uyquning kamligi, charchoq, atrofga qiziqishning yo‘qligi alomatlari depressiyaning butunlay g‘alaba qozonganidan darak beradi.

Agar kechalari uyqu kelmasa — uyqusizlik

Uyqusizlikdan boshqa hech narsa vazn ortishiga u kabi yordam berolmaydi. Bedor tunlardan keyin kunning yaxshi o‘tishi uchun yaxshi ovqat tanovul qilinadi. Agar uyqu yaxshi bo‘lmasa, buning sababi modda almashinuvining faoliyatidan bo‘lishi mumkin.

Agar yosh 40 dan o‘tgan bo‘lsa — menopauza oldi

Menopauzaga o‘tish davrida estrogen moddalar goh ko‘tarilib, goh pasayadi. Nomuntazam hayz, haroratning ko‘tarilishi, kayfiyatdagi o‘zgarishlar va boshqa alomatlar namoyon bo‘ladi.

Foto: Cosmopolitan

Agar yog‘ tananing kutilmagan joyida paydo bo‘lsa — Kushing sindromi

Ushbu sindrom milliontadan 10-15 odamda uchraydigan kamyob holat bo‘lib, qonda kortizolning ortishi natijasida yuzaga keladi. Yog‘ yig‘ilishi qorin sohasi, bo‘yinning orqa qismi va boshqa joylarda uchraydi. Oyoq va qo‘llar ingichkalashib qoladi. Sindrom quvvatning kamayishi, qandli diabet, qon bosimi va xolesterinning ortishi bilan bog‘liq.