“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
16:18, 19.07.2020 30914

Ozish ilinjidagilar taomnomasidan chiqarib tashlashi tavsiya etiladigan mahsulotlar

Vazn tashlash uchun sport bilan shug‘ullanishning o‘zi kifoya qilmaydi, siz iste’mol qiladigan mahsulotlar ham tashqi ko‘rinishingiz va salomatligingizga ta’sir ko‘rsatishini unutmang.

Foto: Versiya.info

Shakar

Shakarni butkul zararli mahsulot deb bo‘lmaydi. Chunki organizmning ma’lum miqdorda unga nisbatan ehtiyoji bo‘ladi. Lekin siz vazn tashlashni istasangiz, undan voz kechish tavsiya qilinadi. Chunki ushbu mahsulot organizmda, qorin va belda yog‘ to‘planishiga olib keladigan glyukoza to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Konfet, gazlangan suv va shirinliklarni ratsioningizdan chiqarib tashlang.

Xamirli taomlar

Oq un ham organizmga glyukoza singari ta’sir ko‘rsatadi. Non, bulochka, ponchik va pechenyelar vazn tashlamoqchi bo‘lganlarning eng asosiy dushmani hisoblanadi. Chunki ushbu mahsulotlar trans-yog‘dan iborat bo‘lib, organizmda metabolizm yomonlashishiga olib keladi. Bir hafta davomida bunday mahsulotlarni iste’mol qilmasdan, organizmdagi ijobiy o‘zgarishlardan ajablanishingiz aniq.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlar

Kolbasa, sosiska kabi mahsulotlar konservantlar, to‘yintirilgan yog‘ va nitratlar hamda tuzning koni hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida salomatlikka, xususan, jigarga zarar keltiradi.

Pishloqli mahsulotlar

Gap asl, sifatli pishloq haqida emas, pishloq mahsulotlari haqida ketmoqda. Asl pishloq tarkibida — sut yog‘i, mineral moddalar, vitaminlar bo‘ladi. Pishloqli mahsulot esa surrogat hisoblanib, semirishga sabab bo‘ladigan palma yog‘i yoki boshqa o‘simlik yog‘idan tashkil topadi.

Fastfud

Fastfudlar tarkibida yuqorida yemaslik tavsiya qilingan mahsulotlarning bari — shakar, oq un, qayta ishlangan go‘sht, pishloq shuningdek trans-yog‘ va katta miqdorda tuz bo‘ladi. Siz parhez qilayotgan bo‘lsangiz, ammo haftada ikki marta gamburger iste’mol qilsangiz, ijobiy natijadan umidingizni uzsangiz ham bo‘ladi.

Alkogol

Spirt organizmda ishtaha uchun javob beradigan neyronlarga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, kaloriya ortishi va metabolizm sekinlashishiga sababchi bo‘ladi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ