Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

16-avgust kuni Rossiyaning E95 va M1 trassalari orqali Belarus chegarasi tomon “Rosgvardiya” mashinalariga o‘xshash, biroq raqam va ajratuvchi belgilarisiz o‘nlab “Ural” hamda “KamAZ” avtomobillari harakatlanayotgani qayd etildi. Bu haqda Facebook’dagi Conflict Intelligence Team sahifasida xabar berildi.

Foto: Twitter / “Fontanka”

“Fontanka” obunachilarining ma’lum qilishicha, Peterburg va Pskov o‘rtasidagi yo‘l bo‘ylab 30-40 ga yaqin yuk avtomobillari hamda harbiy yo‘ltanlamaslar harakatlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinalar ichida “kamida 600 nafar jangchi” bo‘lishi mumkin. G‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ushbu harbiy texnikalar okrugga tegishli emasligini bildirgan.

[twitter_video link="https://twitter.com/fontanka_news/status/1295040226893746177?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1295040226893746177%7Ctwgr%5E&ref_url=https%3A%2F%2Fmeduza.io%2Fnews%2F2020%2F08%2F17%2Fcit-na-puti-k-belarusi-zametili-desyatki-gruzovikov-rosgvardii"]

Meduza nashri obunachilari ham Moskva—Minsk yo‘lida raqamlarsiz mashinalarga duch kelgan.

Avtomobillar tasvirlangan mazkur video bilan jurnalist Vasiliy Maksimov ham bo‘lishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu video Belarus chegarasidan 83 kilometr berida suratga olingan.

[twitter_video link="https://twitter.com/maximov_vasily/status/1295058303433809920?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1295058303433809920%7Ctwgr%5E&ref_url=https%3A%2F%2Fmeduza.io%2Fnews%2F2020%2F08%2F17%2Fcit-na-puti-k-belarusi-zametili-desyatki-gruzovikov-rosgvardii"]

“Mediazona” ham bir necha harbiy texnikalar harakatlanayotgan videoyozuvlar bilan bo‘lishgan. Roliklardan birida Moskva, ikkinchisida esa — M-1 trassasidagi holat tasvirlangan.

Avvalroq Belarus prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlarida Aleksandr Lukashenkoga raqiblik qilgan Svetlana Tixanovskaya mamlakat fuqarolariga yangi videomurojaat yo‘llab, o‘zining milliy yetakchi bo‘lishga tayyorligini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Aleksandr Lukashenkodan tashqari, prezidentlikka nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirib, mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat kiritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent xalqaro aeroportida sumka va kolyaskada qariyb 1,2 kg tilla buyumlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Mahalliy
Jizzaxda aliment pulini undirish uchun borgan MIB xodimi pichoqlandi
Dunyo
Bangladesh talabalari yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi