“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar Ligasining chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinda (8:2) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Twitter

Bu 31 yoshli polshalik futbolchi uchun Myunxen klubi safida Chempionlar Ligasidagi 50-gol bo‘ldi.

Chempionlar Ligasida Levandovski umumiy hisobida 67 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Hozirda u musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan oldinda faqat uch futbolchi: Krishtianu Ronaldu (130 ta gol), Lionel Messi (115) va Raul (71) bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!