“Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidal klubdagi jamoadoshi Lionel Messini “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bilan taqqosladi.

Foto: Getty Images

“Levandovski — boshqalarga o‘xshamaydi, u charchamaydi va juda xavfli futbolchi. Uning qanday ulg‘ayganini ko‘rganman. Uni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi. Ammo uni Messi bilan taqqoslab bo‘lmaydi, chunki Leo boshqa sayyoradan”, — deydi Vidal.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Barselona” — “Bavariya” uchrashuvi 14-avgust kuni Portugaliyaning Lissabon shahrida (soat 00:00 da) bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!