Qamchiq dovonida 11-avgust kuni Cobalt haydovchisining hushyorlikni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Ma’lum qilinishicha, 11-avgust kuni soat 08:05 da Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomagistralining 206-kilometrida haydovchi harakat chog‘ida hushyorlikni butunlay yo‘qotishi oqibatida mashina ariqqa ag‘darilib ketgan. Avtomobil ichidagi fuqarolar omon qolgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Ziyon yetgan avtomobilga yordam ko‘rsatish uchun Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari va yo‘l-patrul xizmati, yo‘l bo‘limi xodimlari yetib kelib, ariq ichidan mashinani chiqarib olgan.

Avvalroq Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi. Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokidagi YTH ikki yo‘lovchining umriga zomin bo‘lgandi. Sirdaryoda ikki Nexia to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi.