“Feyenoord” klubi va Niderlandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Robin van Persi murabbiylik faoliyatini boshladi.
Foto: Twitter
37 yoshli mutaxassis “Feyenoord” bosh murabbiyi Dik Advokatga assistent bo‘ladi. Van Persi jamoaning hujum chizig‘iga javob beradi.
Ma’lumot uchun, Robin “Feyenoord” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2001—2004-yillar mobaynida niderlandlar safida harakat qilgan va 2018/19 mavsumda jamoaga qaytib, o‘sha yerda 2019-yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Van Persi shuningdek, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Fenerbahche” klublari ham to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!