Oliy Majlis Senatining videokonferensaloqa tarzidagi oltinchi yalpi majlisida Senat qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartirish kiritilgani haqida ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zA xabar qilgan.

Odiljon Iminov

Foto: “Daryo”

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisligiga shu paytga qadar Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan senator Odiljon Iminov saylandi.

Mazkur qo‘mitaning avvalgi raisi Robaxon Mahmudova 2020-yil 12-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, 13-iyulda esa Senatning tegishli qarori qabul qilingandi.