Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Nomzodlardan uch nafari “Liverpul”dan bo‘ldi. Quyidagi yetti nafar o‘yinchi sovrin uchun kurash olib boradi:

  • Nik Poup (“Byornli”, darvozabon)
  • Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”, himoyachi),
  • Jordan Henderson (“Liverpul”, yarim himoyachi)
  • Sado Mane (“Liverpul”, hujumchi)
  • Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, yarim himoyachi)
  • Denni Ingz (“Sauthempton”, hujumchi)
  • Jeymi Vardi (“Lester”, hujumchi)

Foto: Twitter/@premierleague

Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi muxlislar, APL 20 ta klubi sardorlari va futbol ekspertlari o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali aniqlanadi.

Avvalroq mavsumning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi yosh o‘yinchi sovriniga da’vogarlar e’lon qilingandi.

“Arsenal” futbolchilari tomonidan tovon bilan urilgan 5 ta shedevr gol (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!