So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi “tonirovka”ni bepul qilishni taklif qildi

    06.08.2020, 16:14 43380

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish uchun belgilangan to‘lovlarni bekor qilishni taklif qildi. Bu masalada partiya tegishli qarorga o‘zgartirish kiritish uchun taklif tayyorladi. Bu haqda partiyaning veb-saytida e’lon qilindi.

    Foto: “Huquqiy axborot”

    Foto: “Huquqiy axborot”

    “Mamlakatda avtomobil oynalarini qoraytirish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilishi hamda buning uchun to‘lovning yuqoriligi o‘tgan yillar davomida yetarlicha va ortig‘i bilan muhokama qilindi. Va bu borada parlament quyi palatasining ayrim deputatlari tomonidan orqa oyna tusini bepul o‘zgartirish, shuningdek, agar avtomobilning ikki yonida orqa tomonni ko‘rish uchun ko‘zgu bo‘lsa, pardalarni (chiyparda, darpardalar) ilish mumkinligiga erishildi.

    Ammo bu masalaning yechimi emas. Chunki gap avtomobilning faqat orqa va orqa yon oynalari haqida emas, barchasiga birdek taalluqlidir. Chunki avtomobil salonida, eng avvalo, haydovchi uchun qulaylik yaratish zarur”, – deyiladi xabarda.

    Ma’lum qilinishicha, “tonirovka” uchun to‘lov miqdorining yuqoriligi bois bugungi kunda ayrim fuqarolargina avtomobil oynalari tusini o‘zgartirgan. 2019-yil statistikasiga ko‘ra, ular jami avtomobillar sonining 0,1 foizini ham tashkil qilmagan.

    “‘O‘zbekiston Milliy tiklanish’ demokratik partiyasi yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish hamda mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra fuqarolarning quyoshning ultrabinafsha nurlaridan teri saratoni kasaliga chalinishlarining oldini olish, avtomobil konditsionerlarini kamroq ishlatilishiga va buning natijasida yonilg‘i kamroq sarflanib, atrof-muhitga zararli moddalarning kamroq chiqishiga, pirovardida ekologiyani asrashga erishish maqsadida avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish uchun belgilangan to‘lovlarni bekor qilish, zarur deb hisoblaydi.

    Buning uchun partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman kengashidagi O‘zMTDP guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hukumatning 2019-yil 2-avgustdagi ‘Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi 646-sonli qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlandi”, – deyiladi partiya xabarida.

    Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda o‘z avtomobili oynalarini qoraytirmoqchi bo‘lgan fuqarolar bir yil muddat uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi qaroriga asosan, orqa va old yon oynalar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 150 000 so‘m), orqa yon oynalar uchun BHMning 10 baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari zarur.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda avtomobillar oynalarini qoraytirish narxi tushishi haqidagi xabarlar rad etildi
    • Karantin davrida avtomobil “tonirovkasi” muddati, ehtiyot qismlar xaridi va ta’mirlash masalasiga aniqlik kiritildi
    • Toshloq sudyasi avtomobil orqa yon oynalariga parda o‘rnatish haqidagi IIV YHXBB bayonotiga munosabat bildirdi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Ukrainaga qarshi urushda yangi strategiyaga ega — NYT

    Bugun, 18:27

    AKFA BUILD: Aquaterm ko‘rgazmasida suv taʼminoti, isitish va sovutish tizimlari uchun yangi texnologiyalar

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Mashhurlar qanday qilib shartnoma imzolamasdan, taniqli brendlarning millionlab dollar foyda olishiga sababchi bo‘ladi?

    Bugun, 18:15

    Toshkentdagi bolalar shifoxonasida shifokor aybi sabab bemor vafot etgani aniqlandi

    Bugun, 18:03

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    Bugun, 17:52

    Britaniyada Ukrainaga yetkazib berish uchun qurol-yarog‘ tugadi — The Telegraph

    Bugun, 17:31

    Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdullaning bir xil vaznda yurishining siri nimada?

    Bugun, 17:17

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov Olimpiada finalchisini mag‘lub etdi

    Bugun, 17:16

    O‘zbekistonda “Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi

    Bugun, 17:14

    Osiyo o‘yinlari. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi KXDRdan javobsiz 8 ta gol o‘tkazib yubordi

    Bugun, 17:13

    Ukraina zaxira transformatorlarni qo‘shni mamlakatlarda yashirdi — OAV

    Bugun, 17:05

    Tavsiya etamiz

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — yiliga 30 ming dollardan ortiq

    16:00 / 02.10.2023

    Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi (foto)

    17:00 / 02.10.2023

    Ukraina prezidenti ofisi Zelenskiyni masxara qilgan Ilon Maskka javob qaytardi

    17:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    “Bo‘lishi mumkin emas!”. Neymar Eron klubi stadioni haqidagi videoga izoh qoldirdi 

    13:00 / 02.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.