“Arsenal” Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Foto: “Tottenhem” FK

Ushbu g‘alaba tufayli londonliklar Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Bungacha “Arsenal” Premyer Ligada 8-o‘rinni egallab, Yevrokuboklardan quruq qolgandi.

Shu tariqa APLda 6-o‘rinni egallagan “Tottenhem” Yevropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichida o‘ynaydigan bo‘ldi. Joze Mourinyo shogirdlari guruh bosqichiga chiqish uchun 3 ta o‘yinda g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi.

Agar “Arsenal” Angliya Kubogi mag‘lub bo‘lganida, “Tottenhem” to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olardi.

Ushbu holatda Premyer Ligada 7-o‘rinni egallagan “Vulverhempton” kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etmaydi. Biroq jamoa hamon bu yilgi turnirdagi yurishini davom ettirmoqda. Agar “Vulverhempton” Yevropa Ligasida g‘alaba qozonsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

10 ta gol urilgan “Arsenal” va “Nyukasl” o‘rtasidagi uchrashuv yodingizdami? Qoyilmaqom gollar shousini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!