“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mashina sotib oldi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 8 million yevroga Bugatti Centodieci sotib olgan.

Foto: Bugatti Centodieci

Bugatti Centodieci cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Fransuz kompaniyasi ushbu mashinalarning atigi 10 tasini brendning 110-yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqaradi.

Krishtianu Ronalduning “Real” safidagi shedevr gollari yodingizdami? Ularni tomosha qiling (video)

Foto: Bugatti Centodieci

Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 380 kilometrga teng. U 2,4 soniyada tezligini 100 km/soatgacha ko‘tarishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Ronaldu ushbu avtomashinani “Yuventus”ning A Seriyadagi g‘alabasi sharafiga sotib olgan, biroq u mashinani 2021-yilda oladi.

Avvalroq Ronaldu jamoasining A Seriyadagi g‘alabasidan so‘ng 6 million yevroga yaxta sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Ronaldu Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Turin klubi shartnomasi 2022-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!