Daryo

UFC tarixiga kirgan Hamzat Chimayev bir oy ichidagi 3-jangini o‘tkazishi mumkin

UFC rekordchisi yana bir tarixiy natija qayd etmoqchi

1 daqiqa o‘qish49 906 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram

UFC jangchisi Hamzat Chimayev so‘nggi bir oy ichidagi 3-jangini o‘tkazishi mumkin.

Foto: Instagram

Yahoo Sports’ning xabar qilishicha, kelib chiqishi Chechenistondan bo‘lgan yakkakurashchi 16-avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 252 musobaqasida ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Chimayev 16-iyul kuni UFC on ESPN 13 musobaqasida promoushendagi debyutini o‘tkazdi. Unda shvetsiyalik sportchi Jons Fillipsni og‘ritish usuli bilan taslim etdi. Shuningdek, UFC Fight Island 3 musobaqasida Hamzat Ris Makkini 3 daqiqa ichida nokautga uchratdi. Shu tariqa Chimayev 10 kun ichida ikkita jang o‘tkazgan UFC tarixidagi ilk jangchiga aylandi.

Hamzat Chimayevning UFC’dagi ilk janglarini tomosha qiling (video)

Chechenistonda tug‘ilgan Hamzat Chimayev 2011-yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana so‘rab, yurtini tark etgan. Otasidan tashqari barcha oila a’zolari 2019-yilda Shvetsiyaga ko‘chib ketgan. Sportchining o‘zi esa xalqaro musobaqalarda Shvetsiya nomidan ishtirok etadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar