Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtati qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar 800 kilogrammli skatni ushlashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi KalingaTV.
Ulkan dengiz jonivorini tomosha qilish uchun qirg‘oqqa ko‘plab odamlar to‘plangan.
Skat shu kunning o‘zida auksion orqali 50 ming rupiyga (taxminan 700 dollar) sotib yuborilgan.
Avvalroq amerikalik erkak singan qarmoqda 90 kilogrammli baliq tutgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)