• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya vaqtida Qurbon hayiti namozi musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi 2020-yilgi Qurbon hayitini nishonlash va hayit namozini ado etishga doir o‘z fatvosini e’lon qildi.

    Qayd etilishicha, ba’zi musulmon va qo‘shni davlatlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq holat keskinligi sababli ulamolar tomonidan Qurbon hayiti namozini jamoat bo‘lib o‘qishning iloji yo‘qligi haqida fatvolar e’lon qilingan.

    “Bunday vaziyatda oyat, hadis va shar’iy qoidalarda ko‘rsatilgan tavsiyalarga amal qilishga buyuriladi. Shariat insonga zarar yetish ehtimoli kuchaygan paytda ibodatlarni yengil tarzda bajarishga ruxsat beradi yoki butunlay zimmadan soqit qiladi. Iyd namozi vojib amal bo‘lgani bois bugungiday uzrli holatlarda Hayit namozini ado etish soqit bo‘ladi”, — deyiladi xabarida.

    Shu sababli O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi karantin sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarini e’lon qildi:

    • O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi islom dini manbalari, Respublika maxsus komissiyasi xulosalari va tibbiyot mutaxassislari tavsiyalariga tayangan holda 2020-yilgi pandemiya sharoitida Qurbon hayiti – Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit bo‘lishini ma’lum qiladi.
    • Qurbon hayiti kuni mo‘min-musulmonlarga o‘z xonadonlarida quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgandan keyin to‘rt rakatli nafl namozini o‘qish tavsiya etiladi.
    • Qurbon hayiti kuni imkoni bor yurtdoshlarimiz bomdod namozini o‘qib, keyin qurbonlik qilishlari tavsiya etiladi. Qurbonlik go‘shti uchga taqsimlanib, bir qismi – yaqin qarindoshlarga, yana bir qismi – kambag‘al va muhtojlarga tarqatish, qolganini – oila ahliga olib qolish mustahabdir. Hammasini faqirlarga bersa yoki oilada ko‘pchilik bo‘lsa, uyda qoldirsa ham bo‘ladi.
    • Bu yilgi Qurbon hayiti karantin sharoitida nishonlanayotgani inobatga olib, odamlar jamlanishiga sabab bo‘ladigan urf-odatlarni tashkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, ma’raka-marosimlarni o‘tkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanishni so‘raymiz. Xonadonda, oila-a’zolari bilan birga Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilib, o‘tganlarimiz ruhi poklariga baxshida etishni tavsiya etamiz.
    • Imom-xatiblar tomonidan bugungi pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Qurbon hayiti xonadonlarimizga quvonch, yurtimizga fayz-u baraka kirishi, bir-birimizga bo‘lgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda bo‘lishiga sabab ekani to‘g‘risidagi targ‘ibot ishlari amalga oshirilsin.
    Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Misrdagi “Dorul Ifto” fatvo hay’atiga tayanib, Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyulga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgandi. Prezident qarorida ham Qurbon hayiti 31-iyul kuni karantin qoidalariga amal qilingan holda nishonlanishi belgilandi.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24-mayda nishonlandi. O‘shanda ham O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hayit namozini uyda o‘qishni tavsiya qilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Hayitni uyda, oila davrasida nishonlashga chaqirgandi.

    25.07.2020, 13:55   Izoh (0)   44434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

    25.07.2020, 13:33

    Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi

    25.07.2020, 12:54

    Andijonda uch yigit o‘zganing Samsung A-10 telefonini zo‘rlik bilan tortib oldi. Ular 8 yildan 10 yilgacha qamalishi mumkin

    25.07.2020, 11:52

    O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq fuqarolarning 1,7 mln dollarini qo‘lga kiritgan kripto-firibgar mamlakatdan chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi

    25.07.2020, 11:12

    Toshkentda bir kechada yana 242 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 19 653 nafarga yetdi

    25.07.2020, 10:12

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan Qonliko‘l tumani hokimining o‘limini tasdiqladi

    25.07.2020, 10:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.