Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31-iyul kuni karantin qoidalariga amal qilgan holda nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyul, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatda 2020-yil 31-iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari tomonidan Qurbon hayitining karantin talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Misrdagi “Dorul Ifto” fatvo hay’atiga tayanib, Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyulga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24-may kuni nishonlandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hayit namozini uyda o‘qishni tavsiya qilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Hayitni uyda, oila davrasida nishonlashga chaqirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?