O‘zbekiston musulmonlari idorasi Misrdagi “Dorul Ifto” fatvo hay’atiga tayanib, Qurbon hayitining birinchi kuni qaysi sanaga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

“Misrdagi ‘Dorul Ifto’ fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 22-iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 30-iyul — arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.

31-iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, insha Alloh”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan.