Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident 23-iyun kuni  “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, qaror bilan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, agentlik direktori bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Qarorga muvofiq, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining tegishli komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Avvalroq alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgani xabar berilgan edi.  Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari 2021-yil 1-fevraldan markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi