• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda tuman hokimlari koronavirus tarqalishi yuzasidan aholiga murojaat qilib, ayrimlari uzr so‘radi

    Toshkent shahri tumanlari rahbarlari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etishda bahamjihat harakat qilish maqsadida 23-iyul kuni o‘z tumanlari aholisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali murojaat bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”. “Oilaviy” telekanali efirida uzatilgan murojaatda tuman hokimlari bilan birga sektor rahbarlari, Mudofaa, FVB, SSB, SEOM rahbarlari ham ishtirok etdi.

    Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shomurodov va tuman rahbarlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan chora-tadbirlar natijasida o‘lim holatlari yuz bergani uchun uzr so‘radi.

    Baxtiyor Shomurodov tumandagi 13-oilaviy poliklinikada COVID-19 markazi tayyorlanganini e’lon qildi. Oilaviy poliklinikalar huzurida tashkil etilgan ishonch telefoni raqamlariga koronavirus bo‘yicha murojaat qilish mumkinligi ma’lum qilindi.

    Sergeli tumanining ishonch telefonlari:

    (97) 410-56-57, (97) 784-57-58, (99) 030-07-37, (97) 742-57-58, (99) 898-18-08, (97) 729-57-58, (97) 146-57-58, (97) 264-57-58, (97) 783-57-58, (97) 143-57-58

    Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkat Ergashev koronavirusga qarshi kurashda tuman rahbariyati bilan birga har bir fuqaro bilan istalgan vaqtda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga tayyorligini bildirdi.

    “Har birimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishga tayyormiz. Hududlarda xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining kuchi yetmagan joyda biz yuzaga kelgan muammoni hal etishga tayyor ekanimizni yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman.

    Murojaatimizning asosiy mohiyati fuqarolarimizning qo‘rquvga berilmasligi, pandemiyadan xavotir olmasliklari, biz ularning yonida ekanligimiz, tun-u kun telefon raqamlarimiz ishlab turishi, barcha savollarga javob berishimizni eslatib o‘tmoqchiman”, — dedi tuman hokimi o‘z chiqishida.

    Mirzo Ulug‘bek tumanining ishonch telefonlari:

    (98) 888-65-99, (99) 030-07-35, (98) 188-22-52, (99) 875-12-16, (99) 889-20-80, (99) 002-76-67, (98) 300-72-22, (90) 912-14-26, (98) 301-67-47, (99) 020-10-09.

    Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov tumanda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar va halok bo‘lganlar mavjudligida hokimlikning ham aybi borligini tan oldi.

    “Shahrimizda COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan fuqarolar soni ortib bormoqda. Achinarlisi, bu kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlar ham bor. Bunda bizning ham aybimiz bor. Shuning uchun sizlardan uzr so‘raymiz...

    Sizning salomatligingiz uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Dori-darmonlar bilan zarur holatda ta’minlaymiz, barcha murojaatlaringizga javob beramiz. Biz tomonimizdan ko‘rilayotgan barcha choralar, olib borilayotgan ishlar faqatgina siz bilan birgalikdagi harakat natijasida ijobiy samara beradi, deb o‘ylaymiz. Sizdan iltimos karantin qoidalariga to‘liq rioya qiling”, — dedi u o‘z murojaatida.

    Olmazor tumanining ishonch telefonlari:

    (97) 101-20-34, (99) 111-42-07, (99) 914-02-01, (93) 515-72-24, (90) 371-92-00, (99) 898-15-01, (95) 200-12-21, (97) 741-14-16, (98) 305-02-35, (99) 828-94-27.

    Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev ham tuman ahlidan uzr so‘rab, tuman rahbariyati 24 soatlik ish vaqtiga o‘tganini ma’lum qildi.

    “Avvalambor biz sektor rahbarlari xalqimizdan uzr so‘raymiz. Kasallikka kurashish borasida ma’lum bir vaqt davomida xotirjamlikka berilish sababli kasallik soni oshib ketdi. Muhtaram yurtboshimizning 15-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektoridan keyin biz sektor rahbarlari ish uslubimizni o‘zgartirdik. Xususan, 24 soatlik ish vaqtiga o‘tdik”, — dedi u.

    Farhod Abdullayev tumandagi tibbiyot muassasalaridagi sharoit va holatni ma’lum qilgach, yana bir bor tun-u kun aholi murojaatlarini eshitishga tayyor ekanini eslatdi.

    “Biz 4 ta sektor hamda mas’ul rahbarlar 24 soatlik ish vaqtdamiz va ekrandagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. Fuqarolarimizning murojaatlarini 24 soat davomida qabul qilamiz va zudlik bilan ijobiy hal qilamiz”, — dedi tuman hokimi.

    Uchtepa tumanining ishonch telefonlari:

    (98) 335-31-16, (99) 030-07-38, (99) 997-26-10, (97) 707-78-03, (94) 678-22-76, (93) 528-04-97, (99) 049-99-03, (97) 412-07-18, (98) 367-94-88, (99) 986-23-46.

    Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov ham tumanda kuzatilgan o‘lim holatlari uchun odamlardan kechirim so‘radi.

    “Tumanimizda kasallikka chalinganlar va vafot etganlar bor. Buning uchun o‘zim va jamoamiz nomidan uzr so‘rayman. Bunga ishni to‘g‘ri tashkil qilmaganimiz sabab bo‘lgan. Tumanimizda 8 ta oilaviy poliklinika bor va qo‘shimcha yana bitta klinika tashkil qildik. Bundan tashqari, tumanimizdagi xususiy klinikalarda ham koronavirusdan davolanish uchun sharoit yaratildi.

    Hurmatli chilonzorliklar, hozir vahimaga tushmasligimiz muhim. Belgilangan tartiblarga amal qilsak, koronavirusni yengamiz. Ekranda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga istalgan vaqtda qo‘ng‘iroq qiling. Bu sektor rahbarlarining shaxsiy telefon raqamlari. Poliklinika yoki kasalxona tomonidan sizga yordam berilmasa, bizga murojaat qiling. Bir tan-u, bir jon bo‘lib harakat qilsak, shu vabodan qutulamiz”, — dedi Chilonzor hokimi.

    Chilonzor tumanining ishonch raqamlari:

    (98) 306-27-00; (98) 351-14-10; (99) 849-07-65; (93) 523-89-78; (99) 898-18-17; (99) 484-39-16; (98) 142-07-04; (97) 157-77-66; (98) 142-07-20; (90) 320-00-53.

    Bektemir tuman hokimi Shohrux Mamajonov hududda tashkil etilgan 4 ta mobil guruh 4 ta shtabga biriktirilganini aytdi.

    “Avvalo koronavirus pandemiyasi kirib kelgani uchun sizlardan uzr so‘raymiz. Tumanimizda ayni damgacha 164 kishi virus yuqtirgan. Ulardan 131 nafari uy sharoitida, 33 nafari tibbiyot birlashmalarida davolanmoqda. Hurmatli fuqarolar, sizlardan karantin cheklovlariga amal qilishingizni iltimos qilamiz.

    Tumanimizda tashkil etilgan shtabda 4 ta mobil guruh tashkil etilgan va ular 4 ta sektorga biriktirilgan. Tuman shtabidagi telefonlar 24 soat ishlamoqda. Tumanimiz aholisidan shifokorlar bilan birga kurashishni so‘rab qolamiz”, — degan Bektemir hokimi.

    Bektemir tumani ishonch telefonlari:

    (98) 335-88-84; (98) 367-10-80; (99) 883-33-55; (99) 858-43-71; (98) 365-56-65; (93) 572-16-13; (93) 502-00-02; (98) 126-17-79; (97) 778-85-06; (99) 872-76-77.

    Mirobod tuman hokimi Shuhrat Po‘latov hududdagi uchta kasalxonada virus yuqtirganlarni davolash uchun 260 ta joy tayyorlanganini aytdi.

    “Pandemiya boshlangandan buyon Mirobod tumani hokimligi tomonidan ko‘p ish qilindi, ammo bu ishlar yetarli bo‘lmagani ko‘rinib turibdi. Buning uchun sizlardan kechirim so‘raymiz. Tuman markaziy poliklinikasida Call-markaz tashkil etilgan. U yerda malakali shifokorlar guruhi ishlamoqda. Bundan tashqari, tumandagi 4 ta oilaviy poliklinikada ikkitadan mobil guruh kecha-yu kunduz ishlamoqda. Bu guruhlar tumandagi uylarga borib o‘zini yomon his qilayotgan bemorlarga yordam berishyapti.

    Tumanda COVID-19 yuqtirganlarni davolash uchun uchta kasalxonada joylar tashkil etilgan. Xususan, respublika klinik shifoxonasida 100 ta o‘rin, respublika teri-tanosil shifoxonasida 60 ta o‘rin va shahar klinik shifoxonasida 100 ta o‘rin. Kechadan boshlab 5-teri-tanosil klinikasida COVID-19 poliklinikasi tashkil etilgan. U yerda odamlardan koronavirusga test olinmoqda, shuningdek, rentgen apparati ham qo‘yilgan.

    Mirobod tumanida 140 ming kishi yashaydi va ulardan 248 nafari zararlangan. 120 kishi tuzalib chiqqan. Hozirda uy sharoitida 54 nafar, shifoxonada 68 nafar bemor davolanyapti. Tumanimizda kasallarni davolashda muammo yo‘q, sizdan faqat karantinga amal qilishingizni so‘raymiz”, — degan Mirobod hokimi.

    Mirobod tumani ishonch telefonlari:

    (98) 308-25-43; (98) 121-11-37; (99) 030-07-34; (99) 889-45-78; (97) 422-11-05; (99) 899-38-88; (97) 490-45-01; (90) 119-01-07; (99) 831-01-64; (90) 909 43-32.

    Shayxontohur tuman hokimi Abduqahhor To‘xtayev va tuman mutasaddilari ham koronavirus tarqalishi yuzasidan aholisiga murojaat qildi.

    To‘xtayevning ma’lum qilishicha, tumandagi “Yoshlik” sport arenasida 564 o‘rinli shifoxona tayyorlanyapti. Keyingi haftada ishga tushadi.

    Shuningdek, bugun Shayxontohur tumanida kasallikka chalinganlar soni 600 nafardan oshiq. Ulardan 200 dan oshig‘i tuzalib chiqqan. 200 nafari kasalxonalarda, 210 nafari uy sharoitida davolanmoqda.

    Murojaat uchun telefon raqamlari:

    (90) 956-46-60, (98) 812-85-00, (98) 302-26-66, (94) 673-31-33, (71) 241-71-22, (71) 241-31-49, (71) 241-17-42, (71) 241-21-71, (71) 241-18-92, (71) 241-80-89

    Yashnobod tuman hokimi Hojiakbar Tillashayxovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda tumanda 7 ta oilaviy poliklinika tun-u kun faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, tuman hokimligida 1076 qisqa raqami orqali maslahat markazi tashkil etilgan.

    Tuman hokimi o‘z murojaatida aholidan sarosimaga tushmaslikni, o‘zlarida kasallik alomatlarini sezishsa, shifokorlarga murojaat qilib ularning maslahatlari bilan harakatlanishlarini so‘radi.

    Murojaat uchun telefon raqamlar:

    (98) 368-17-09, (99) 030-07-43, (98) 360-71-01, (98) 307-60-87, (98) 331-24-00, (90) 997-70-00, (90) 972-57-38, (99) 017-07-05, (90) 931 26-59, (99) 444-64-46

    Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari Sherzod Taslimov va tumandagi mutasaddi rahbarlar koronavirus keskin tarqalib ketgani uchun tuman aholisidan uzr so‘radi.

    “Bugun tumanimizdagi barcha poliklinikalar tun-u kun ishlash tartibiga o‘tdi. Ular kerakli dori-darmon va mashinalar bilan ta’minlagan. Sizlardan sarosimaga tushmaslikka hamda karantin qoidalariga amal qilishlaringni so‘rab qolar edim. Agar biz birlashsak, bu kasallikni, albatta, yengib o‘tamiz”, — dedi u o‘z murojaatida.

    Murojaat uchun telefon raqamlari:

    (98) 301-77-70, (97) 707-85-09, (98) 127-17-18, (90) 354-00-60, (93) 536-97-24, (90) 316-64-94.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 24-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 118 kishiga ko‘payib, kasallikka chalinganlarning umumiy soni 18 986 nafarga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Toshkent shahrida qayd etildi. Mamlakatda umumiy hisobda COVID-19 bemorlarining 10 149 nafari (53 foiz) sog‘aygan. SSV taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 103 kishi vafot etgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha esa koronavirusdan vafot etganlar soni 108 nafarni tashkil etmoqda.

    24.07.2020, 13:42   Izoh (0)   28155
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zoir Mirzayev matbuot kotibi karantinga olingani haqidagi xabarga munosabat bildirib, viloyatdagi tashkilotlarning qay birida kasallikka chalinish kuzatilganini oc...

    24.07.2020, 12:56

    Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati va virusga qarshi dori vositalari olib kelindi (video)

    24.07.2020, 12:12

    Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 63 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

    24.07.2020, 11:57

    Toshkentdagi mebel sexlarining birida yong‘in chiqdi

    24.07.2020, 11:10

    “O‘zekspomarkaz”da koronavirusga chalinganlarga tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan taqsimlash markazi ish boshladi

    24.07.2020, 10:56

    Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolovning koronavirusdan vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

    24.07.2020, 10:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.