• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “SSV har bir bemorga qancha pul sarflanayotgani, qancha shifokor himoya vositasi bilan ta’minlangani ochiq aytilishi kerak” — deputat

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsud Qurbonboyev Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir bemorga qancha pul sarflanayotgani, qancha shifokor himoya vositasi bilan ta’minlangani, qanchasi kasallangani, qayerda shifokorlar yetishmayotganini yashirmasdan ochiq aytishi kerakligini ta’kidladi.

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    “Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2020-yilning 23-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar haqida ma’lumot bergan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda har bir davolanib chiqqan bemor uchun davlat 32,3 million so‘mdan xarajat qilgani, kasalligi og‘ir kechayotgan bemorlarning har biriga 64,4 million so‘mdan ajratilgani, reabilitatsiya, karantinda bo‘lgan bemorlarga har biri uchun 2,2 million so‘mdan ajratilgani aytilgan edi.

    Ayni paytda ahvol qanday? Har bir bemorga qanchadan mablag‘ sarflanyapti? Ularning tannarxi (kalkulyatsiyasini) aholimizga ochiq aytishimiz kerak. Bugungi kungacha qancha shifokor himoya vositasi bilan ta’minlangan, qanchasi kasallandi, qayerda shifokorlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda? Qancha bemor uyida davolanmoqda?

    Sog‘liqni saqlash vazirligi mana shular haqida ham batafsil ma’lumot berishga o‘tmas ekan, savollar ko‘payaveradi. Savollar ko‘paygan joyda esa gumon va shubha ko‘payadi, ular esa ishonchga putur yetkazadi. O‘zaro ishonch va bir-birini tushunish bo‘lmasa maqsadga yetishish murakkablashishi oddiy haqiqat”, — deydi Maqsud Qurbonboyev.

    Deputatga ko‘ra, tibbiyot xodimlarining maoshlari kamida 2 barobarga oshirilishi, mehnat ta’tili va o‘z hisobidan ta’tilga chiqqan tibbiyot xodimlarining barchasi ishga qaytarilishi, shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasalarining 5–6-kurs talabalari koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga jalb etish kerak.

    Shuningdek, deputat prokuratura organlari eng quyi muassasa bo‘lgan dorixonalarni emas, balki dori-darmonlarni yetkazib beruvchilarni nazoratga olishi lozimligini ta’kidlagan. Toshkent shahri va hududlarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda sanatoriyalar, o‘yingoh(stadion)lar va shunga o‘xshagan bino va inshootlarni koronovirus bilan kasallangan bemorlarga yordam berish uchun foydalanishga tayyorlash zarurligini qayd etgan.

    “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi respublikada tibbiyot xodimlarining yetishmayotgani, dorixonalarda ayrim dori-darmonlar narxlari oshib borayotgani, kasallanganlar uchun koykalarning kamligi, bemorlarni davolash bo‘yicha yaxlit tizimning yo‘qligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ta’kidlab, pandemiyaga qarshi yetarlicha hozirlik ko‘ra olmagan mutasaddilarni tanqid qiladi:

    “19-martdagi ‘Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi Prezident farmoniga ko‘ra, Moliya vazirligi huzurida 10 trillion so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilib, uning mablag‘laridan bir qator yo‘nalishlarda foydalanish nazarda tutilgan edi. Ya’ni jamg‘arma mablag‘lari hozirgidek holatni yuzaga kelmasligi uchun sarflanishi lozim edi.

    Endi o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Bugungi kunda tibbiyot xodimlarining keskin yetishmasligi, dori-darmon narxlari oshgani, fuqarolarimizning koronavirusga test topshirishi deyarli imkonsiz bo‘lib qolgani, tabbiyot sohasidagi xodimlar mehnat ta’tili yoki bo‘lmasa o‘z hisobidan ta’tilga chiqib ketganiga nima sabab bo‘ldi? Bu bo‘yicha ayrim mulohazalarni keltirib o‘tishimiz joiz.

    • Birinchidan, farmonda berilgan topshiriqlar to‘liq ijro etilmagan;
    • Ikkinchidan, dori-darmon bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslar xalqning qiyin davridan foydalangan holda mo‘may pul ishlashni o‘zining asosiy maqsadi etib belgilab oldi;
    • Uchinchidan, butun dunyoda kasallikning o‘sish sur’ati keskin oshib, koykalar yetishmovchiligi kuzatilgan bir vaqtda mas’ullarimiz bizda unday bo‘lmaydi, deb xotirjamlikka berildi;
    • To‘rtinchidan, koronavirusga qarshi tun-u kun kurashayotgan tibbiyot xodimlarning ijtimoiy himoyasi yetarli ta’minlanmagani uchun ishdan bo‘shashlar, o‘z hisobidan ta’tilga chiqish holatlari ko‘paygani uchun kadrlar yetishmovchiligi kelib chiqdi”.
    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektorda koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakatda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi, biroq hozirda epidemiologik vaziyat juda og‘irligini aytdi. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusni aniqlash uchun test topshirish jarayonini soddalashtirish, hududlarda uch oylik dori zaxirasini yaratish hamda dorixonalarda va bozorlarda narxlar oshishining oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, zarur joylarda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston dorixonalarida qaysi preparatlarga talab oshgani aniqlandi
    • Shavkat Mirziyoyev: “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan”
    • “Endi ‘tez yordam’ 15 daqiqa ichida yetib boradi, koronavirusga test natijalari bir kunda chiqadi” — bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev

    23.07.2020, 23:11   Izoh (0)   17545
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari uchun olinadigan haq miqdori aniq belgilanadi

    23.07.2020, 22:56

    O‘zbekistonda 2020-yilning 6 oyi davomida qancha qiz 14-17 yoshida ona bo‘lgani ma’lum qilindi

    23.07.2020, 22:50

    O‘zbekistonda 2021-yil oxirigacha 3 ming gektar intensiv bog‘ yaratiladi va 2,5 mingta oilaga bo‘lib beriladi

    23.07.2020, 22:26

    O‘zbekistonda savdo cheklari asosida o‘tkaziladigan yutuqli o‘yin boshlandi

    23.07.2020, 22:21

    O‘zbekistonda 2020-yilda 6,4 mln tonna g‘alla yetishtirildi

    23.07.2020, 22:10

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida ilmni rivojlantirish uchun 126 mln dollar yo‘naltiriladi

    23.07.2020, 22:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi bog‘chada bolakay e’tiborsizlik sabab 2-qavat zinasidan tushib ketdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 16:28

    Rossiyada o‘zini Iso Masih deb da’vo qilgan erkak 12 yilga qamaldi

    Dunyo | 2 iyul, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 16:15

    Suvaysh kanalida neft kemasi cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 2 iyul, 16:10

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.