O‘zbekistonda 2021-yil yakunigacha 3 ming gektarda plantatsiya shaklida intensiv bog‘lar barpo etilib, yangi tartib asosida aholiga 1-1,5 gektardan tarqatgan holda, 2-2,5 ming oilaning bandligi ta’minlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-iyul, payshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berdi.
Qayd etilishicha, meva-sabzavotchilik kooperativ va klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 212 million dollar ajratilishi belgilangan.
Prezident ichki bozorni arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, “daladan iste’molchigacha” tizimini joriy etishda meva-sabzavotchilik klasterlari asosiy drayver bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida ilmni rivojlantirish uchun 126 mln dollar yo‘naltiriladi
Tumanlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu borada Jizzax viloyati namuna bo‘lib, kelgusi uch yilda viloyatda qariyb 120 ming gektarga yaqin yer o‘zlashtirilishi, bog‘ va tokzorlar tashkil qilinib, moyli ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.
Bu tajribani bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy qilish, har bir tumanda ko‘pi bilan 3-4 ta eksportbop va yuqori daromad beruvchi mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga doir: “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida yangi bog‘ va tokzorlar barpo etish uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi
Shuningdek, Prezident tomonidan 2019-yil 9-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda meva-sabzavotchilikda klaster tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Izoh (0)