• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bilmadim, qaysi ma’noda sudyalarning hali mustaqil emasligi aytilgan”. Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov BMTning maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanning O‘zbekiston sudyalari haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

    O‘zbekistonda sud sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi sudyaning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan. Bu haqda 21-iyul kuni AOKA binosida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O'zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda hukumatning taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha BMTning maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan ma’ruzasi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga taqdim etilgan.

    Diyego Garsiya-Sayan

    Diyego Garsiya-Sayan
    Foto: “Gazeta.uz”

    Hisobotning kirish qismida shunday deyiladi: “Haligacha tashqi ta’sirlar bir qator omillar, jumladan, sud hokimiyatining boshqa tarmoqlaridan mustaqil bo‘lishiga, shuningdek, alohida hollarda sudyalarning ular tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ishlar bo‘yicha to‘sqinliklarsiz va mustaqil ravishda qaror qabul qilish erkinligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Prokurorlarning jinoiy sud ishi yurituvidagi dominant roli saqlanib qolingan”. Shuningdek, hisobotda bir qancha manbalar prokuratura sud hokimiyatining mustaqilligiga ta’sir etuvchi omillar ro‘yxatiga binoan jinoiy ishlarda va uning umumiy nazorat faoliyatida haddan tashqari vakolatlarga ega ekanini ma’lum qilgan.

    Maxsus ma’ruzachining bir qator manbalariga ko‘ra, xavfsizlik idoralarining fuqarolar kundalik hayotida va davlat muassasalarida mavjudligi prokuratura faoliyatiga alohida ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada sudyalarning xolislik, dalillar va qonunga muvofiq ravishda qaror qabul qilish mustaqilligi ayblov xulosasida de-fakto prokuror takliflarini qo‘llab-quvvatlash tomonga og‘moqda. O'zbekiston sud tizimidagi muammolarni birma-bir sanab o'tgan holda BMTning maxsus ma’ruzachi O‘zbekistonda sud tizimini hozircha mustaqil deya olmasligini bildirgan.

    Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov maxsus ma’ruzachi Diyego Garsiya-Sayanning hisobotiga o‘z fikrlarini bildirar ekan, O‘zbekistonda sud sohasida nima ish qilinayotgan bo‘lsa, hammasi sudyalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

    Xolmo‘min Yodgorov

    Xolmo‘min Yodgorov
    Foto: AOKA
    To‘g‘ri, birov u deydi, birov bu deydi. O‘zimning fikrimni aytaman. Shunday paytda ishlaganmiz: olayotgan oyligimiz xarajatlarimizga yetmas, besh yildan keyin taqdirimiz nima bo‘lishini o‘zimiz bilmas edik. Bugun O‘zbekistonda qilinayotgan nimayiki ish bo‘lmasin sudyaning mustaqilligini ta’minlashga qaratilyapti. Qonunlarimiz xalqaro talablarga to‘la javob beradi: sudyaning yuqori oylik olishi, oyligi davlat tomonidan to‘lab berilishi, sudyaning muddatida ham, ishlashida ham daxl bo‘lmasligi kerak.

    Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Sudyaning taqdirini u yerda sudyalar hal qiladi. Ilgari sudyalar hal qilmas edi. Jamoatchilik asosida turli idoradan kelgan vakillar sudyaning keyingi muddat ham ishlash yoki ishlamaslik masalasini muhokama o‘tkazib, hal qilishgan.

    Olib borilgan qisqa vaqtdagi islohotlar natijasida bizda to‘liq sharoit yaratildi – yuqori oylik, ish sharoiti, xizmat avtomashinalari.

    Shunday payt bo‘lganki, odamlarni sudni binosida o‘tqizib qabul qilishga sharoitimiz yo‘q edi. O‘zimiz o‘tirsak, qabulga kelgan odam tik turib qolar edi. Bugun hamma sharoit yaratilganki, sudyalarimiz mustaqil va faqat adolatni o‘rniga qo‘yib bersin.

    Eng asosiy mezonlardan biri – besh yil yaxshi ishlasa 10 yil, 10 yillik muddatdan ham o‘tganidan keyin cheklanmagan muddatga ishga tayinlagandan keyin, yuqori oylik berilganidan keyin, birorta idora sudni ishiga aralashmasin, deb ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilgandan keyin, bilmadim, qaysi ma’noda sudyalarning hali mustaqil emasligi aytilgan.

    Xolmo‘min Yodgorov, O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari

    BMTning maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanning qayd etishicha, maxsus ma’ruzachi uchrashgan fuqarolik jamiyatining ba’zi a’zolarining u bilan uchrashuvdan oldin yoki keyin kuzatuvga olingani va so‘roq qilinganidan afsusda. Maxsus ma’ruzachi ushbu masala bo‘yicha hukumat vakillariga o‘z xavotirini bildirdi.

    “Davlat xavfsizlik xizmatlari vakillari tomonidan qilingan bu harakatlar inson huquqlari sohasida BMT bilan hamkorlik qilishni istagan yoki u bilan hamkorlik qilganlarga nisbatan qo‘rqitish va tazyiq harakatlarini anglatadi”, — deyiladi hisobotda.

    Ma’lumot uchun, mart oyida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani hokimi telefon orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi sudyasini qaysidir masalada gaplashib olish uchun chaqirgan. Lekin sudya hokimning qabuliga bormasligini, kerak bo‘lsa, hokimning o‘zi uning qabuliga kelishigi kerakligini aytgan. Holatni o‘rgangan Sudyalar oliy kengashi tumani hokimi keltirgan vajlarni “yolg‘on” deb baholagan.

    Iyul oyida esa Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida sudyani omma oldida obro‘sizlantirilgani va kaltaklangani haqida xabar berilgan. Ushbu voqea yuzasidan prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida sudyaga nisbatan ichki ishlar xodimlar tomonidan qo‘pol munosabatda bo‘lingani va kaltaklangani aytilgan. Bunga javoban Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan xodimlar to‘g‘ri yo‘l tutgani tasvirlangan videolavhani jamoatchilikka taqdim etgan. Lekin sudya tasvirlarni montaj qilinganini bildirgan.

    23.07.2020, 06:57   Izoh (0)   17651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda tez tibbiy yordamga tushayotgan chaqiruvlar soni ikki baravarga oshdi, mashinalar soni ko‘paytirildi

    23.07.2020, 06:42

    Andijon viloyati SEOMda 159 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

    23.07.2020, 06:26

    O‘zbekistonga Singapurdan 30 ta kislorod konsentratori beg‘araz yordam sifatida olib kelindi

    23.07.2020, 06:11

    O‘zbekistonda 22-iyul kuni 498 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

    23.07.2020, 02:10

    Janubiy Koreya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ikkinchi insonparvarlik yordamini yubordi

    23.07.2020, 01:06

    O‘zbekistonda yana 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 18 379 nafarga yetdi

    23.07.2020, 00:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.