Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 48 yoshli erkak koronavirusga chalinib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Yunusobod tumanida yashagan 48 yoshli fuqaro T.Yo. tana haroratining ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan. 29-iyun kuni unda COVID-19 aniqlangan va yo‘tal, hansirash belgilari kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘ng o‘pka spontan pnevmotoraksi, nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Tekshiruvlar bemorda avvaldan bronxial astma kasalligi mavjud bo‘lganini ko‘rsatgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So‘nggi kunlarda shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yunusobodlik bemor O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan 77-qurbonga aylandi.

Avvalroq Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayevning 67 yoshida vafot etgani, u O‘zbekistonda koronavirus asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan 76-bemor bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

16-iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 55 yoshli Sh.A. ismli erkakSergeli tumani IIO FMB podpolkovnigi Abdulaziz Toshev, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi 53 yoshli Sh.A. ismli erkakning vafot etgani haqida xabarlar berilgan.