• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ikkinchi jahon urushi davridagi eng yirik harbiy va siyosiy voqea. Stalingrad jangiga 78 yil to‘ldi

    Ikkinchi jahon urushi va Ulug‘ Vatan urushining eng katta to‘qnashuvlaridan biri bo‘lgan Stalingrad jangiga bugun 78 yil to‘ldi. Ushbu jang Vermaxtning ilk yirik mag‘lubiyati bilan birgalikda katta harbiy guruhning taslim bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. “Daryo” jang tafsilotlari va tarixiy faktlar haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ogohlantirishsiz boshlangan urush

    1941-yilning 22-iyun kunida Germaniya va uning ittifoqchilari SSSRga hech qanday urush e’lon qilmasdan turib hujum qiladi. 1941-yilning yozida bo‘lib o‘tgan janglardan so‘ng tang ahvolda qolgan Sovet armiyasi shu yilning dekabr oyida Moskva uchun jangda qarshi hujumga o‘tdi. Moskva mudofaasi qarshiliklariga kuchi qolmagan, qish mavsumidagi janglarga tayyor bo‘lmagan, keng, ammo to‘liq nazorat qilib bo‘lmaydigan front ortiga ega bo‘lgan nemis qo‘shinlari shahar yaqinida to‘xtatildi va Qizil armiyaga qarshi hujum paytida 150-300 km g‘arbga chekindi.

    Nemislar rahbari Gitler ham ushbu yurish natijasini oldindan aytib bo‘lmasligini bilar edi. Shu sababli Germaniya shimol va janubda yangi operatsiyalar rejasini ko‘rib chiqayotgan edi. Ushbu hujumlardan ko‘zlangan maqsadlar quyidagicha bo‘lgan: SSSRning janubiga kirib borish Kavkazdagi (Grozniy va Boku) neft konlariga egalik qilishni, shuningdek, mamlakatning Yevropadagi qismini Kavkaz va Markaziy Osiyo bilan bog‘lovchi asosiy arteriya — Volga daryosi ustidan nazoratni ta’minlashdi. Tabiiyki, nemislarning janubdagi g‘alabasi Sovet sanoatiga birmuncha ta’sir o‘tkazishi mumkin edi.

    Fall Blau. Stalingrad tomon yurish

    Qizil armiyaning Xarkov katastrofasidan so‘ng Gitler “Janub” harbiy guruhining ikkiga bo‘linishiga buyurdi: “A” guruh shimoliy Kavkazga hujumlarni davom ettirishi zarur edi; Fridrix Paulyusning 6-armiyasi va German Gotning 4-tankli armiyasini o‘z ichiga olgan “B” guruh esa sharqqa — Volga va Stalingrad tomon harakatlanishi belgilandi.

    Stalingradni egallash Gitler uchun bir nechta sabablarga ko‘ra muhim ahamiyatga ega edi. Asosiy sabablardan biri — Stalingrad Volga daryosi bo‘yidagi yirik sanoat zonasi ekani hamda Rossiya markazini SSSRning janubiy mintaqalari, jumladan, Kavkaz va Kavkazorti bilan bog‘laydigan strategik muhim shahar ekanligi edi.

    Shu sababdan Germaniyaning Stalingrad ustidan nazorati SSSR uchun kundalik muhim bo‘lgan suv va quruqlikdagi yo‘llarni to‘sishga, Kavkaz tomon harakatlanayotgan kuchlarning chap qanotini ishonchli ravishda qurshab olish va qarshi Qizil armiya bo‘linmalarini yetkazib berishda jiddiy to‘siqlar yaratish kabi afzalliklar berar edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Vermaxt har bir hujumni ranglar bilan kodlashga o‘rgangandi: Fransiya ishg‘ol etilishi — Fall Rot (“qizil variant”),  Fall Gelb (“sariq variant”) — Belgiya va Niderlandiya operatsiyasi, Fall Grun (“yashil variant”) — Chexoslavakiya, Vermaxtning SSSR tomon yurishi Fall Blau, ya’ni “ko‘k variant” nomini oldi.

    “Ko‘k variant” operatsiyasi “Janub” armiyasining shimoldagi Bryansk fronti qo‘shinlariga va Voronejning janubidagi janubi-g‘arbiy front qo‘shinlariga hujum bilan boshlandi.

    17-iyulning dahshati

    Ushbu kunning ikkinchi yarmida 147-otryad Morozov fermasi yaqinida tankka qarshi qurol bilan o‘qqa tutildi. Bundan so‘ng jiddiyroq to‘qnashuv sodir bo‘ladi: taxminan, soat 20:00 larda to‘rtta nemis tanki Zolotoy qishlog‘iga yashirincha yaqinlashib, unga qarata o‘q uza boshladi. Stalingrad jangining birinchi to‘qnashuvi 20-30 daqiqa davom etdi.

    Bir necha oy davom etgan qonli urushning birinchi jangi 11 kishining yaralanishi bilan tugadi va ikki shikastlangan tank ortga qaytarib olib ketildi. Sovet qo‘shinlarining ko‘rsatgan qarshiliklari fashistlarning 6-armiyasini kuchaytirishga majbur qildi. 22-iyulga qadar u 18 ta bo‘linma, 250 ming jangovar shaxsiy tarkib, 740 ga yaqin tank, 7 500 ta qurol va minomyotlarga ega bo‘ldi.

    Yaxshigina kuchga ega bo‘lgan armiya 23-iyul tongida dushmanning shimoliy kuchlariga, 25-iyul kuni esa janubiy qismiga hujum uyushtirdi. Kuchlar va havodagi ustunligidan foydalangan holda, nemislar 62-armiyaning o‘ng qanotidagi himoyani yorib o‘tdi va 24-iyul oxirida Golubinskdagi Don shahriga yetib keldi. Stalingrad qo‘shinlari qiyin ahvolga tushib qoldi. Armiyaning ikki qanoti ham dushman tomonidan egallab olindi va uning Donga chiqishi Stalingrad uchun haqiqiy xavfni tug‘dirdi. Iyul oxiriga kelib sovet qo‘shinlari Dondan butunlay chiqarib yuborildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Daryo bo‘yidagi mudofaani bosib o‘tish uchun nemislar 2-qo‘shiniga qo‘shimcha ravishda Italiya, Vengriya va Ruminiya ittifoqchilarining qo‘shinlaridan foydalanishi kerak edi. 6-armiya Stalingraddan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda edi. 28-iyul kuni Stalin Qizil armiyaga 227-sonli buyruqni e’lon qildi, ushbu qaror dushmanga nisbatan qarshilikni kuchaytirish va har qanday holatda ham uni to‘xtatishni nazarda tutar edi. Jangda qo‘rqoqlik qilganlarni eng qattiq choralar kutar edi. Shuningdek, qo‘shinlarni ma’naviy va intizomiy jihatdan kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

    4-armiya ham yordamga keldi

    SSSR armiyasining keskin burilishi fashistlar qo‘mondonligini 31-iyul kuni Kavkaz tomon harakatlanayotgan 4-sonli armiyani Stalingrad tomonga yurishga majbur qildi. Stalingradning ham mudofaasini kuchaytirish buyurildi va 51-armiya Stalingrad frontiga qo‘shildi.

    Nemislarning rejasi Stalingradga tezkor hujumga o‘tish edi. Vaziyatni baholash asosida nemis qo‘mondoni o‘z rejasiga jiddiy o‘zgarishlar kiritdi. 19-avgustda nemislar Stalingradning umumiy yo‘nalishi bo‘yicha hujumlarni davom ettirdi. 22-avgust kuni 6-nemis armiyasi Donni kesib o‘tib, uning sharqiy sohilida, 45 km kenglikdagi Peskovatka hududida oltita bo‘linma jamlangan ko‘prikni egallab oldi.

    23-avgust kuni dushmanning 14-sonli tank korpusi Stalingradning shimolida, Rinok qishlog‘i yaqinida joylashgan Volga tomon bostirib kirib, 62-armiyani Stalingrad frontining qolgan kuchlaridan uzdi. Nemis qo‘shinlari Stalingradga havodan zarba berdi, buning uchun ikki mingga yaqin parvozlar amalga oshirildi. Natijada shahar dahshatli ko‘rinishga keldi — butun boshli kvartallar vayronaga aylandi, ba’zilari esa butunlay yo‘q bo‘ldi.

    13-sentabrda Germaniya askarlari butun front bo‘ylab hujumga otlandi va Stalingradni shunday shturm bilan bosib olishga harakat qildi. Bunday hujumga Sovet qo‘shinlari turib bera olmadi. Ular shiddatli janglar boshlangan shahardan chekinishga majbur bo‘ldi. Avgust va sentabr oylarining oxirida Sovet qo‘shinlari janubi-g‘arbiy yo‘nalishda dushmanning Volga tomon yurgan 14-tank korpusining shakllanishini tugatish uchun bir qator hujumlarni amalga oshirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qarama-qarshi hujumlarni amalga oshirishda Sovet qo‘shinlari nemislarning Kotluban va Rossushka stansiyalarida to‘xtatishlari va “quruqlik ko‘prigi”ni yo‘q qilishlari kerak edi. Katta yo‘qotishlar bilan bo‘lsa-da, Sovet qo‘shinlari bir necha kilometr oldinga yurishga muvaffaq bo‘ldi.

    23-avgust kuni Stalingradning 100 ming aholisi evakuatsiya qilindi. 1942-yil 23-avgustda 4-Luftvaffe harbiy-havo kuchlari shaharda eng uzoq va halokatli portlatishni amalga oshirdi. Ushbu yurishdan so‘ng shahar vayronaga aylanib olov ichida qoldi, 90 mingdan ziyod inson vafot etdi, xuddi dahshatli tush kabi. Vaziyat og‘irlashib bordi, nemislar tuman hosil qiluvchi bombalardan so‘ng yonuvchi bomba tashladi. Shahardagi ko‘p binolar yog‘ochdan qurilganini hisobga oladigan bo‘lsak, harorat juda ham baland bo‘lib, ayrim joylarda 1000 gradusgacha yetdi.

    Shaharning shimoliy qismida, Gumrak stansiyasi hududida Germaniyaning 14-tank korpusi Sovet zenit qo‘shinlariga qarshi jang qildi. Jang 23-avgust oqshomigacha davom etdi. 1942-yilning 23-avgust kuni kechqurun zavod sexlaridan 1-1,5 km masofada nemis tanklari paydo bo‘ldi va u o‘sha zahotiyoq o‘qqa tutildi.

    1-sentabriga kelib, vayron qilingan shahar xarobalari orasida Sovet 62-armiyasi bino va fabrikalarda joylashgan o‘q otish joylari bilan mudofaa pozitsiyalarini o‘rnatdi. Snayperlar va hujum guruhlari iloji boricha dushmanni ushlab turdi. Nemislar jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. 13 va 26-sentabr kunlari Vermaxt bo‘linmalari 62-armiyani yo‘ldan olib, shahar markaziga kirib bordi. Volga yaqinidagi ko‘prik yo‘llari uchun kurash, ayniqsa, shaharning shimoliy qismidagi fabrikalarda ikki oydan ko‘proq davom etdi.

    Germaniya harbiy doktrinasi qurolli kuchlar tarkibidagi bo‘linmalarning o‘zaro aloqalariga va ayniqsa, piyodalar, safarlar, artilleriya va bombardimonchilarining o‘zaro yaqinligiga asoslangan edi. Bunga javoban sovet askarlari dushmanning pozitsiyasidan o‘nlab metr masofada joylashgan bo‘lishga harakat qildi, bu holda nemis artilleriyasi va aviatsiyasi o‘zlariga zarba berish xavfisiz harakat qila olmadi. Har bir qarich yer uchun jang kechdi. Sovet snayperlari vayronalardan himoya vositasida foydalanib, ko‘plab nemis askarlarini qirib tashladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Stalin uchun ham, Gitler uchun ham Stalingrad jangi shaharning strategik ahamiyatidan tashqari obro‘-e’tibor belgilab berishi mumkin bo‘lgan. Sovet qo‘mondonligi Qizil armiya zaxiralarini Moskvadan Volga shahriga ko‘chirdi, deyarli butun mamlakatning harbiy kuchlarini Stalingrad mintaqasiga o‘tkazdi.

    14-oktabr tongida Germaniya oltinchi armiyasi Volga yaqinidagi Sovet ko‘priklariga qarshi hal qiluvchi hujumni boshladi. Ushbu yurishda mingdan ortiq  samolyotlar qatnashdi. Biroq Volganing chap qirg‘og‘ida joylashgan artilleriya Sovet qarshi hujumga tayyorlanishi munosabati bilan o‘q-dorilar yetishmovchiligini boshdan kechira boshladi. 9-noyabr kuni sovuq tushib, havo harorati 18 darajagacha tushib ketdi. Shu tufayli Volgada muzliklar hosil bo‘ldi va tabiiyki, daryo orqali kesib o‘tish juda qiyinlashib ketdi. Shundan so‘ng 62-armiya qo‘shinlari kundalik hayotiy o‘q-dorilar va oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch keldi.

    1942-yil 19-noyabrda “Uran” operatsiyasi doirasida Qizil armiyaning qarshi hujumi boshlandi. 23-noyabr kuni Kalach viloyatida Vermaxtning 6-armiyasi qamal qilindi. “Uran” rejasi to‘liq amalga oshmadi, chunki 6-armiyani ikkiga ajratishning imkoni bo‘lmadi. Ushbu hujumlardan so‘ng ham ko‘plab hujumlar va operatsiyalar amalga oshirildi.

    Jang natijalari

    SSSRning Stalingrad jangidagi g‘alabasi Ikkinchi jahon urushi davridagi eng yirik harbiy va siyosiy voqea bo‘ldi. Dushman qo‘shinlarining mag‘lubiyati va qo‘lga olinishi bilan yakunlangan ulkan jang Ulug‘ Vatan urushi davrida tub burilish yasadi va Ikkinchi jahon urushining borishiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Qizil armiya muvaffaqiyatining muhim tarkibiy qismi qo‘shinlarni harbiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mahsuli edi.

    Mirjalol Qosimov tayyorladi.

    17.07.2020, 19:19   Izoh (0)   67293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 12 ming nafardan oshdi

    17.07.2020, 18:38

    Qozog‘iston koronavirus va pnevmoniya statistikasini birlashtirishga qaror qildi. Avvalroq Qirg‘iziston ham shunday qilgandi

    17.07.2020, 18:10

    Hindiston COVID-19 bemorlari soni 1 milliondan oshgan uchinchi mamlakat bo‘ldi

    17.07.2020, 14:12

    Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 2 million kishidan oshdi

    17.07.2020, 13:41

    Qozog‘iston prezidenti pandemiyaga oid statistikani yashirmaslikka chaqirdi

    17.07.2020, 13:11

    Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1707 kishida, Tojikistonda esa 46 kishida koronavirus aniqlandi

    17.07.2020, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlik uchun huquq-tartibot xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi

    O‘zbekiston | 23 may, 11:16

    Temur Kapadze: “Kengaytirilgan ro‘yxatimizda 50 nafarga yaqin futbolchi bor”

    Sport | 23 may, 11:00

    Yozgi ta’til boshlanishidan avval bolalarda o‘tkazish kerak bo‘lgan 5 ta muhim tekshiruv

    Farzand | 23 may, 10:56

    AQSH Janubiy Koreyadan minglab harbiylarini olib ketmoqchi — WSJ

    Dunyo | 23 may, 10:55

    O‘zbekistonda 24-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 23 may, 10:42

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    Reklama | 23 may, 10:30

    Hindistonda 227 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot halokatga uchrashiga sal qoldi (video)

    Dunyo | 23 may, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.