Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik yengilmas bokschi Trevell Mazion avtohalokat oqibatida vafot etdi, deya xabar qilmoqda Daily Mail.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, YTH 15-iyul, chorshanba kuni Ostin shahrida (Texas shtati) sodir bo‘lgan. Yana ikki kishi tan jarohati olgani aytilmoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Yana to‘qqiz kundan keyin 25 yoshini nishonlash arafasida turgan Mazion professional boksda 2013-yilda debyut qilgandi.

Yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi bokschi oxirgi jangini 2020-yilning 11-yanvarida o‘tkazgandi. O‘shanda Trevell Fernando Kastanyedani 1-raunddayoq mag‘lub etib, WBC yo‘nalishida NABF tituliga ega chiqqandi.

U jami 17 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 13 jangni nokaut bilan yakunlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda