• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    16-iyul – materiyaning saqlanish qonuni kashf qilingan kun. Bu nimaligini tushuntiramiz

    Fizikadan yaxshi xabardor bo‘lgan mushtariylarimiz biladiki, tabiatda bir necha saqlanish qonunlari mavjud bo‘lib, ular orasida eng asosiylari bu energiyaning saqlanish qonuni, massaning saqlanish qonuni, impulsning saqlanish qonuni va hokazolardir. Shunday qonunlar ichida yana bir muhim saqlanish qonunini bundan qariyb 272 yil muqaddam Mixail Lomonosov kashf qilgan edi. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan qonunning ochilish tarixi va boshqa qiziqarli faktlar haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mixail Lomonosov 1711–1765-yillarda yashab o‘tgan yirik olim, fan arbobi sanaladi. O‘sha zamonning aksar yirik olimlariga xos ravishda, Lomonosov ham faqatgina bir fan sohasidagi tadqiqotlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki juda keng qamrovli ilmiy faoliyat yuritgan. Fizikadan tashqari uning kimyo, astronomiya, geologiya, geografiya, tarix, arxitektura va hatto filologiyaga taalluqli izlanishlar bilan shug‘ullangani ma’lum. Venera sayyorasining atmosferaga ega ekanini ham birinchi bo‘lib aynan Lomonosov kashf qilgan edi.

    Lomonosov Rossiyada mahalliy aholi ichidan yetishib chiqqan birinchi yirik olim ham sanaladi. Ungacha bo‘lgan davrda, rus imperatorlari mamlakatning akademik salohiyatini oshirish maqsadida yirik oliygohlarga va hatto Fanlar akademiyasiga ham faqat Yevropadan kuchli olimlarni (asosan nemis olimlarini) taklif etib, ish tashkil qilishar edi. Xususan, o‘sha yillarda Peterburgda o‘z davrning eng kuchli matematigi Leonard Eyler, Bernulli, Goldbax, Bayer singarilar faoliyat yuritishgan.

    Lomonosov o‘zi ham talabalik paytida ilg‘or zamonaviy ta’lim ko‘rishi uchun Germaniyaga yuborilgan va besh yil mobaynida matematika, falsafa, kimyo va metallurgiya bo‘yicha o‘qigan. 1741-yilda u Rossiyaga qaytgach, Fanlar akademiyasiga fizika yo‘nalishi bo‘yicha adyunkt lavozimiga tayinlangan va 1745-yilda u ruslar ichidan yetishib chiqqan eng birinchi professor o‘laroq, kimyo fani bo‘yicha akademik darajasiga erishgan.

    Hali biz bilgandek impakt-faktorli ilmiy jurnallar chop etilmagan va olimlar yirik ilmiy anjumanlarga yig‘ilishni odat qilmagan o‘sha zamonda fanning muammolari va ilg‘or natijalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashinish uchun olimlar, odatda, bir-birlariga xat yozib, masala mohiyatini bayon qilishar edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mixail Lomonosov ham 1748-yilning 16-iyul kunida matematik Leonard Eylerga xat yozib, unda o‘zining harakat va materiyaga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashgan. Bugun o‘sha maktub bitilganiga roppa-rosa 272 yil to‘lgan sanada unda yozilgan quyidagi jumlalarni esga olish mumkin: “Tabiatda sodir bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlardagi mohiyat shundaki, bir jismdan qanchadir bir nima olinsa, boshqa bir jismga shuncha narsa qo‘shiladi. Biror joyda bir qancha materiya kamaysa, boshqa joyda u shunchaga ko‘payadi. Ushbu umumiy tabiiy qonun harakat qoidalari uchun ham taalluqlidir: o‘z kuchi bilan harakatlanayotgan biror jism, undan kuch olib harakatlanayotgan boshqa jismga berayotganichalik ravishda uni (kuchni) yo‘qotadi”.

    Saqlanib qolgan ushbu tarixiy faktga ko‘ra, fanda haqli ravishda Mixail Lomonosov materiyaning saqlanish qonunini ochgan olim sifatida e’tirof etiladi. Ushbu qonunni amaliy tajribalar orqali isbotlab ko‘rish uchun Lomonosov 1756-yilda bir necha eksperimentlar o‘tkazadi. Uning zich yopiq shisha idishlarda metallarni qizdirib ko‘rish va massani o‘lchash orqali bajargan tajribalarida materiyaning saqlanishi o‘z tasdig‘ini topgan. Olim bu boradagi ilmiy ishlarini 1758-yilda e’lon qilingan “Materiya va vaznning o‘zaro nisbati haqida” deb nomlangan risolasida bayon qilgan.

    Materiyaning saqlanish qonuni nafaqat modda va jismlar uchun, balki harakat qonunlari va termodinamika uchun ham aloqador bo‘lib, issiqlik balansi, termodinamikaning birinchi bosh qonuni singarilarning shakllantirilishida muhim ahamiyat kasb etgan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    16.07.2020, 16:46   Izoh (0)   20095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar koronavirus homiladorlik vaqtida onadan bolaga o‘tishini isbotladi

    16.07.2020, 11:44

    AQShda dastlabki tadqiqotlarda muvaffaqiyatga erishgan koronavirusga qarshi vaksina 30 ming kishida sinovdan o‘tkaziladi

    16.07.2020, 09:03

    Yer 3 million yil oldingi o‘tmishga “qaytadi”

    14.07.2020, 21:32

    Saratonga qarshi kurashuvchi tabiiy modda aniqlandi

    14.07.2020, 16:36

    Olimlar koronavirusdan vafot etish ehtimolini ikki baravar oshiradigan omilni aniqladi

    14.07.2020, 08:05

    AQShda ulkan yirtqich delfinning skeleti topildi

    13.07.2020, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.