Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida keksa yoshli erkak to‘qqiz qavatli uydan sakrab o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Repost Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, mudhish voqea haqida tuman IIBga 14-iyul kuni ma’lumot kelib tushgan. Tergov davomida aniqlanishicha, 1943-yilda tug‘ilgan erkak ko‘pqavatli uyning to‘qqizinchi qavatidan sakrab o‘z joniga qasd qilgan.

Erkak uchta neyrojarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan bo‘lib, yana bitta operatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. So‘nggi kunlarda u o‘z joniga qasd qilish haqida tez-tez gapirgan.

Avvalroq Samarqandda o‘z joniga qasd qilgani aytilgan 69 yoshli ayolning IIVga xabar bermasdan dafn etilgani shubha uyg‘otib ochilgan jinoyat ishi natijalari e’lon qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi