“Tottenhem” klubi himoyachisi Serj Oryening ukasi Tuluzada (Fransiya) fojiali o‘lim topdi.

Foto: “Tottenhem”

Get French Football News xabariga ko‘ra, 26 yoshli Kristofer Orye 13-iyul tongida qornidagi jarohat bilan topilgan. Uning yonida qurol bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, voqea Tuluzadagi tungi klub yonida sodir bo‘lgan. Orye kasalxonaga olib ketilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan. Qotil hali topilmagan, u jinoyat sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan.

Mazkur ma’lumotni “Tottenhem” klubi ham tasdiqladi va futbolchiga hamdardlik bildirdi.

Serj Orye 2017-yilning yozida PSJdan londonliklar safiga kelib qo‘shilgandi. Uning “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum 27 yoshli himoyachi jamoasining 39 o‘yinida qatnashib, ikkita gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!