“Barselona” sobiq futbolchisi Rivaldo katalon klubining La Liga hakamlaridan norozi bo‘layotganiga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Marca

“Ba’zan hakam yoki VAR’ning qarorlari sizni ranjitishi mumkin, ammo men “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeuning hakamlar ”Real”ga yon bosmoqda degan gaplariga qo‘shilmayman. U shunchaki OAV e’tiborini klubining haqiqiy muammolaridan chalg‘itishga urinmoqda.

“Barselona” hali ham La Ligada bosh sovrin uchun kurashmoqda, Chempionlar Ligasida ham ishtirok etmoqda, ammo bu klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlar emas. Bartomeu muxlislar oldida o‘zi, futbolchilar va murabbiylarni oqlash uchun VAR kabi mavzulardan foydalanishga harakat qilmoqda.

Menimcha, “Barselona”ning muammosi VAR yoki hakamlarda emas. Ularning asosiy muammosi — futbol sifatida. Butun dunyo tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan o‘yin uslubiga qaytish lozim.

Jamoa tanaffusga qadar La Ligada peshqadamlik qilayotgandi, hozir esa “Real”dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa yomon o‘ynab turgan vaqtda bunga asosiy sabab deb VAR’ni ko‘rsatib bo‘lmaydi ”, — deydi Rivaldo.

35-turdan keyin “Barselona” (76) chempionlik poygasida “Real”dan (77) bir ochkoga ortda qolmoqda. Madrid klubi 35-tur o‘yinini 10-iyuldan 11-iyulga o‘tar kechasi “Alaves”ga qarshi o‘tkazadi.