“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
17:40, 10.07.2020 16762

Dugonangizga foydalanish uchun berish tavsiya qilinmaydigan kosmetik vositalar

Nafaqat tashqi ko‘rinishingiz, balki salomatligingiz uchun ham quyidagi kosmetik vositalardan faqat o‘zingiz foydalanishingiz kerak.

Foto: Ledi-Kat

Kipriklarga surtish uchun mo‘ljallangan tush

Foto: Cosmopolitan

Oqibati nima bo‘lishi mumkin? Konyuktivit.

Nima uchun? Terinikidek himoya funksiyasi bo‘lmagani sabab ham, ko‘z shilliq qavatining bakteriyalar bilan zararlanishi ehtimoli ko‘p. Gigiyenaga rioya qilmaslik va bir vositadan ikki kishi foydalanishi oqibatida esa konyuktivit kelib chiqishi mumkin.

Makiyaj uchun mo‘ljallangan cho‘tka

Foto: Cosmopolitan

Oqibati nima bo‘lishi mumkin? So‘gal yoki husnbuzarlar toshishi.

Nima uchun? Namlik mikroblar uchun qulay sharoit hisoblanadi. Yuvinish xonasi haroratida turgan cho‘tkalar esa mikroblar koni bo‘lishi mumkin. Shu sabab shaxsiy vositalarni birovga bermaslik va olmaslik tavsiya qilinadi.

Bankali idishdagi kosmetik vositalar

Foto: Cosmopolitan

Oqibati nima bo‘lishi mumkin? Teriga toshma toshishi.

Nima uchun? Bunday idishdagi kremdan foydalanish uchun avvaliga qo‘lni yaxshilab yuvish kerak, boshqa odam olganida esa qo‘lida qancha bakteriyalar borligi hammaga ma’lum.

Lab bo‘yog‘i yoki blesk

Foto: Cosmopolitan

Oqibati nima bo‘lishi mumkin? Uchuq toshishi.

Nima uchun? Lab terisi juda ham nozik va sezuvchanligi uchun ham lab terisining ko‘chishi va qurishi holatlari ko‘p kuzatiladi. Bu esa infeksiya kirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shu sabab ham lab bo‘yog‘ingizni birovga bera ko‘rmang.

Linza

Foto: Cosmopolitan

Oqibati nima bo‘lishi mumkin? Ko‘zning infeksion kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Nima uchun? Yuqorida ta’kidlanganidek ko‘z shilliq qavati juda ham nozik. Shu sabab ham shaxsiy ko‘z linzalarni hech kimga berish tugul, o‘zingiz teginganda ham qo‘lni yaxshilab yuvib foydalanish va yallig‘lanishni oldini olish tavsiya qilinadi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ