Parhez tutish uchun xohish va motivatsiya bo‘lishi kerak degan tushuncha bor, aslida esa parhezning qanchalik ta’sir qilishida yosh, organizmda metabolizm qandayligi, genetika kabi boshqa omillar ham rol o‘rnaydi. Har kimning organizmi, yoshi va geni turli ekani nuqtayi nazaridan parhez ham hammaga har xil ta’sir o‘tkazadi. Kimgadir shunchaki shirinlikdan voz kechish, boshqa bir odamga bo‘lsa 16 soat och yurish yoki ratsioniga oqsil qo‘shish kerak bo‘ladi. Elle nashrining yozishicha, Stenford tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o‘tkazib, parhez samaradorligini oshirish uchun 3 universal qoida ishlab chiqqan.

Mavzuga doir: O‘rta yer dengizi parhezi 2020-yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
To‘yimli mahsulotlarni tanlash kerak
Taomnomaga balanslovchi mahsulot qo‘shib parhezni “aldash” mumkin. Tabiiy va sifatli mahsulotlar xususan baliq, sabzavotlar, shirin bo‘lmagan mevalar, o‘simlik yog‘i kabilarni iste’mol qilish kerak. Masalan, pishloq o‘rniga avakado yeyish kerak chunki ushbu meva vitaminlarga boy hisoblanadi.
Oq undan tayyorlangan taomlardan voz keching
Chunki bunday taomlar siz intilayotgan vazn raqamidan faqat va faqat uzoqlashtiradi. Yaxshisi, don mahsulotlaridan tayyorlangan nonni, quymoq va pankeyk tayyorlash uchun bodom unini tanlang.








