Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

Foto: “Daryo”

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda”, — deyiladi maxsus komissiya qarorida.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda 8-iyundan boshlab masjidlarda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5-2 metr) holda namoz o‘qishga ruxsat berilgan edi.

Biroq ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlangandi.