Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.
“Prezident halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy ta’ziya izhor qilib, jarohat olganlarning tez fursatda shifo topishini tiladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida suv toshqini yuz bergan, dastlab 16 kishining tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan, keyinchalik qurbonlar soni 52 kishigacha ko‘paygan, jami 203,2 ming nafar aholi uylaridan evakuatsiya qilingan. Ayrim hududlar aholisining evakuatsiya qilinishi tavsiya etilgan. Jumladan, Sikokudagi Exime va Kyusyudagi Oitaning o‘zida 350 ming kishi evakuatsiya qilinishi zarur.