“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Lionel Messining “Barselona”dan ketishi mumkinligi haqidagi gaplarga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Twitter

“Men nima bo‘lishini bilmayman. Messi ushbu ligada o‘ynaydi, biz esa bu yerda eng yaxshilarini ko‘rishni xohlaymiz. Hozir biz mamnun bo‘lishimiz kerak, chunki bizni qiyin holatga solib qo‘ygan raqib qarshi o‘yinda (“Xetafe” — 1:0) jamoaviy o‘yin ko‘rsatdik ”, — deydi Zinedin Zidan.

Avvalroq argentinalik futbolchining klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni to‘xtatgani va klub ichidagi muhitdan norozi ekani haqida xabar berilgandi.

33-turdan keyin “Real” 74 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. 2-pog‘onadagi “Barselona” esa Madrid klubidan 4 ochkoga orqada qolmoqda. Chempionat yakunlanishiga 5 ta tur qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!