Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 33-turida “Real” 2-iyul, payshanba kuni “Xetafe”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Madriddagi “Alfredo di Stefano” o‘yingohida kechgan bahsda mezbonlar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng va keskin kurashlar ostida o‘tdi, biroq tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim yakunlanib borayotgan vaqtda mehmonlar himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida Dani Karvaxalni qo‘pollik ishlatib to‘xtatib qoldi. Natijada belgilangan penaltini Serxio Ramos golga aylantirdi. Mazkur gol o‘yinda yagonalini saqlab qoldi.

G‘alabadan so‘ng “Real” ochkolarini 74 taga yetkazib oldi va peshqadamlikni mustahkamladi. Madridliklar ikkinchi o‘rindagi “Barselona”ni to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda.

La Liga

33-tur bahslari

2-iyul, payshanba

“Real Madrid” — “Xetafe” 1:0

Gol: 1:0 – 79, penalti Ramos.

“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Karvaxal, Varan (Militao, 33), Ramos, Modrich (Valverde, 63), Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Kazemiro, Vinisius Junior (Asensio, 63), Benzema (Mariano Dias, 90).

“Xetafe”: Soriya, Nyom, Olivera, Suares (Jeyson, 75), Kukurelya (Duro, 69), Timor (Fajr, 84), Arambarri (Anxel Rodriges, 84), Djene, Maksimovich, Echeyta, Mata (Molina, 75).

Ogohlantirishlar: Timor (1), Karvaxal (15), Ramos (26), Modrich (45), Nyom (47), Militao (47), Suares (52), Mata (72), Arambarri (83), Mariano Dias (90).

“Real Sosyedad” — “Espanyol” 2:1

Gollar: 0:1 – 10 David Lopes, 1:1 – 56 Villian Joze, 2:1 – 84 Isak.

“Eybar” — “Osasuna” 0:2

Gollar: 0:1 – 6 Ruben Garsiya, 0:2 – 74 Ruben Garsiya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!