• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekiston tarixini o‘zgartirgan voqea. 2-iyul – Ivan Grozniy Ashtarxon shahrini egallagan kun

    1556-yilning 2-iyul kuni Rossiya podshosi Ivan IV Grozniy Hojitarxon (Ashtarxon, Astraxan) xonligini egalladi va uning mavjudligiga nuqta qo‘ydi. Mazkur voqeaning biz uchun ahamiyatli jihati shundaki, aynan shu sulola vakillari XVII asr va XVIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligini boshqardi. “Daryo” sana munosabati bilan Hojitarxon xonligining tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Wikipedia

    Oltin O‘rda

    XIII asr boshida Chingizxon boshliq mo‘g‘ullar armiyasi g‘arbga qarab yurish qildi. Egallangan Yevrosiyoning katta qismi, ya’ni Dashti Qipchoq va Xorazm yerlari uning katta o‘g‘li Jo‘jixonga mulk qilib berildi va u tarixga Jo‘ji ulusi nomi bilan kirdi. Shuningdek, tarixiy manbalarda “O‘rda”, “Katta ulus”, “Oltin O‘rda” nomlari bilan tilga ham olinadi. Ular orasida Oltin O‘rda nomi mashhur.

    Dastlabki davrlarda mo‘g‘ul imperiyasi tarkibidagi bir ulus sifatida mavjud bo‘lgan mazkur davlat XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mustaqil idora qilina boshlandi (Pochekayev R.Yu. Pravovoye polojeniye Ulusa Djuchi v Mongolskoy imperii 1224—1269 gg.). Botuxon davrida davlat chegaralari g‘arbga qarab kengaya bordi. Uning ukasi Berkaxon (1257-1266) zamonida esa islom diniga e’tibor qaratila boshlandi. Berkaxonning o‘zi esa islomni qabul qildi.

    XIV asrning 20-yillarida O‘zbekxon hukmronligi davrida islom dini O‘rdaning davlat diniga aylandi. Aynan O‘zbekxon va uning o‘g‘li Jonibekxonlar davrida O‘rda o‘z rivojlanishining cho‘qqisiga chiqdi.  XIV asrning oxirlariga kelib, Amir Temurning To‘xtamishxonga bergan kuchli zarbasi oqibatida davlat zaiflashib bordi. XV asr o‘rtalariga kelib esa bir nechta qismga bo‘linib ketdi. Aslida, bo‘linishi 1420-yildan boshlandi. Sibir, O‘zbek, Qozon, Qozoq, Qrim, Ashtarxon, Nog‘ay xonliklari Oltin O‘rda o‘rnida tashkil topgan davlatlar bo‘lib hisoblanadi. Oltin O‘rdaning markaziy qismi esa Katta O‘rda nomi bilan XVI asr boshigacha mavjud bo‘ldi.

    Ashtarxon xonligi

    Mazkur xonlik XV asrning 60-yillarida Katta O‘rdadan ajralib chiqqan. Uning asoschisi Oltin O‘rdaning amalda so‘nggi xoni bo‘lgan Kichik Muhammadning o‘g‘li Mahmudxon hisoblanadi. (Astraxanskoye xanstvo / Trepavlov V.V. // Ankiloz — Banka. — M.: Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2005. — S. 400.). 1460-yillarda birodari Ahmad bilan Katta O‘rda taxti uchun kurashda mag‘lub bo‘lib, Hojitarxon shahriga qochadi. Shu yildan e’tiboran o‘zini mustaqil hukmdor sifatida e’lon qiladi va Hojitarxon yoki Ashtarxon xonligiga asos soldi.

    Abdullaxon II

    Abdullaxon II
    Foto: Getty Images

    Xonlikning poytaxti hozirgi Astraxan shahridan 12 km uzoqlikda, Volga daryosining shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan Hojitarxon shahri edi. Davlat nomi ham aynan shu shahar nomidan olingan. Ba’zi manbalarda davlat nomi “Ajdar xonligi” deb ham tilga olinadi. Xonlikning asosiy aholisi tatarlar va no‘g‘aylar bo‘lgan (Zaysev I.V. Astraxanskoe xanstvo. — 2-e izd, ispr.. — M.: Vostochnaya literatura, 2006. — 303 s).

    Davlat hududi qolgan sobiq O‘rda o‘rnida tashkil topgan xonliklar hududiga nisbatan eng kichigi edi. G‘arbdan Qrim xonligi, Shimoldan Katta O‘rda, Sharqdan Nog‘ay o‘rdasi va janubi-sharq tarafdan Kaspiy dengizi bilan o‘ralgan edi. G‘arbda Kuban va Don daryolari, sharqda Buzan daryosi xonlik chegaralarini belgilagan bo‘lsa, Shimolda Perevoloka kengliklari va janubda Terek daryosi xonlik chegaralarini belgilab bergan edi.

    Xonlik hududining katta qismini tuzli cho‘llar egallagan edi. Ivan III hukmronligi davrida Moskvadan Moskva, Oka va Volga daryolari orqali kemalar tuz uchun Astraxanga kelib turar edi (Kurbatov A.A. Istoriya Astraxanskogo kraya (s drevneyshix vremyon do konsa XIX veka): Monografiya. Astraxan, 2007. 184 s.). Aholining asosiy qismi Volga daryosi deltasida joylashgan edi va xonlik aholisi 15–20 ming atrofida edi. Xonlik qurolli kuchlari uch ming kishigacha yetar edi.

    Qrim va Nog‘ay xonliklari Astraxan ustidan doimiy nazorat o‘rnatish uchun bahs olib borardi. Taxtga esa Qrim xonlari tayinlagan xonlar o‘tirar edi. Ashtarxon xonligi Xorazm, Buxoro va Qozon xonliklari bilan yaxshi savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ygan edi. Qosimxon hukmronligi davrida Moskva knyazligi bilan savdo aloqalari o‘rnatildi.

    Foto: Getty Images

    Moskva knyazligi bosqini

    Moskva podshosi Ivan IV Grozniy Oltin O‘rda o‘rnida tashkil topgan davlatlarni birin-ketin egallashni maqsad qildi. Shu maqsad yo‘lida 1552-yili Qozon xonligi egallandi. Qozon xonligi egallanganidan so‘ng, buyuk knyaz uning janubdagi qo‘shnisi Ashtarxonni egallashni maqsad qildi. Xonlikning egallanishi unga butun Volga bo‘yi ustidan nazoratni o‘rnatish va Kaspiy dengiziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini taqdim etar edi. Yurish boshlashga bir bahona kerak edi xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi. Astraxanga yuborilgan Moskva elchilari xon Yamg‘urcha tarafidan hibsga olindi va bu narsa yurish boshlashga bahona bo‘ldi.

    1554-yilning bahorida Knyaz Pronskiy qo‘mondonligida Volga bo‘ylab qo‘shin yuborildi. 29-iyun kuni Qora orolda rus qo‘shinlari hamda Yamg‘urcha o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi va unda ruslarning qo‘li baland keldi. Ruslar Astraxanni egalladi. Taxtga esa ruslarning ittifoqchisi bo‘lgan taxt uchun kurashayotgan Darvesh Ali o‘tkazildi hamda Rusga boj to‘lash majburiyatini oldi. Yamg‘urcha esa Usmonliga qochib ketdi. Bu Darvesh Alining uchinchi bor taxtni egallashi edi. Ammo oradan ikki yil o‘tgach Ivan IV Grozniy Ashtarxon xonligini butunlay tugatishga bel bog‘ladi va iyun oyida yurish boshladi. Hojitarxon yaqinida yuz bergan jangda Darvesh Ali yengildi va Usmonliga qarab qochdi. 2-iyul kuni ruslar Astraxanni egalladi va shundan keyin xonlik tugatildi.

    Rus bosqini oqibati va Buxorodagi Ashtarxoniylar

    Astraxanning Rossiya tomonidan egallanganidan so‘ng davlat o‘zining mavjudligini to‘xtatdi. Poytaxt Hojitarxon vayron etildi va undan 12 km quyiroqda yangi Astraxan shahriga asos solindi. Bir necha yuz yil davomida islom diyori bo‘lib kelgan xonlik hududi provaslav diyoriga aylantirildi. Pravoslav ibodatxonalari qurildi va aholi provaslavlikka da’vat qilindi.

    Foto: Getty Images

    Rossiya podsholigi Volga daryosi havzasi ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritdi va Kaspiy dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Rossiya chegarasi va ta’siri Kavkazgacha yetib keldi. Ashtarxon xonliginining xonlari Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jixon nasli hisoblanadi. Uning o‘g‘li To‘qay Temurning avlodlari bo‘lib, Oltin O‘rda o‘rnida tashkil etilgan bir nechta xonliklarda hukmronlik qiladi.

    Shuningdek, Buxoro xonligiga ham. Gap shundaki, xonlikning inqirozga yuz tutib, Rossiya podsholigi tomonidan egallanishi ortidan Yormuhammadxon boshliq bir guruh sulola vakillari Buxoroga, Abdullaxon II huzuriga qochib boradi. Yormuhammadning o‘g‘li Jonimuhammad Abdullaxon II ning qiziga uylanadi. XVI asr oxirida Abdullaxon II ning vafotidan so‘ng Shayboniylar sulolasidan davlatni boshqarishga layoqatli kishilar qolmagani sababli ulamolar Jonimuhammadxonga taxtni egallashni taklif qiladi.

    Ammo Jonimuhammad o‘g‘li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. O‘z navbatida Dinmuhammad ham safaviylar bilan jangda vafot etganidan so‘ng taxtga 1599-yilda ukasi Boqimuhammad sulton o‘tiradi. Shunday qilib, Buxoro xonligi tarixida ashtarxoniylar yoki Joniylar sulolasi nomi bilan tanilgan sulola hukmronligi davri boshlanadi. Shuningdek, bu sulola To‘qay temuriylar sulolasi deb ham ataladi.

    Boqimuhammad kam hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, zaiflashib qolgan Buxoroda o‘tkazgan islohotlari davlatning keyinchalik mustahkamlanishiga olib keldi. Buxoroda hukm surgan ushbu sulolaning eng ko‘zga ko‘ringan hukmdorlari Imomqulixon (1611–1642), Abdulazizxon (1645–1681) va Subhonqulixonlardir (1681–1702). Sulola Abulfayzxon (1711–1747) hukmronligi davriga kelib inqirozga yuz tutadi.

    Shunday qilib, Ashtarxon xonligining Rossiya podsholigi tomonidan tugatilishi Markaziy Osiyoda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va Buxoroda sulolalar almashinuviga olib keldi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    03.07.2020, 20:26   Izoh (0)   81455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan uning haykali ochildi (video)

    03.07.2020, 20:04

    Koronavirusdan sog‘aygan Nursulton Nazarboyev qozog‘istonliklarga murojaat qildi

    03.07.2020, 19:41

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 667 883 kishiga yetdi

    03.07.2020, 17:20

    Fransiya bosh vaziri iste’foga chiqdi

    03.07.2020, 17:09

    Dezinfeksiya tunnellari COVID-19’dan himoya qiladimi? Nemis virusologi javob berdi

    03.07.2020, 16:38

    AQSh Senati Gonkongga oid qarori sabab Xitoyga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

    03.07.2020, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda iyunda qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlangani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:56

    Tramp 1-avgustdan AQSHning 10-70 foizlik import bojlari joriy etilishini e’lon qildi

    Dunyo | 4 iyul, 20:45

    Andijonda erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:35

    Rimda zapravkada yuz bergan portlash va yong‘in 40 kishi jabrlandi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:26

    Farg‘onada Malibu’ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingani ortidan 5 nafar xodim jazolandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:15

    Chexiyaning bir qator shaharlarida yirik blekaut yuz berdi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:05

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    Dunyo | 4 iyul, 19:55

    Karl Lagerfeldning Parijdagi villasi auksionda 5 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 4 iyul, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.