Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 6718 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabning 3-iyul kuni bergan ma’lumotiga tayanib.
Bir kun avval sutka davomida 6760 kishi koronavirusga chalingani xabar qilingandi. Mamlakatda umumiy hisobda 667 883 kishida koronavirus qayd etilgan.
Kasallanganlar soni bo‘yicha Moskva shahri (659 kishi), Moskva viloyati (298 kishi), Xanti-Mansisk avtonom okrugi (271 kishi) yetakchilik qilmoqda.
So‘nggi sutkada COVID-19 bemorlarining 176 nafari vafot etgan. Epidemiya boshlanganidan buyon Rossiya 9859 kishi virus qurboni bo‘lgan. Tuzalganlarning umumiy soni esa 437 893 kishini tashkil qilmoqda, shu jumladan, so‘nggi sutkada 8915 nafar bemoq sog‘aygan.
Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha sutka davomida 282 mingta, umumiy hisobda esa 20,4 millionta test o‘tkazilgan.
Izoh (0)