• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Xitoyda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi. U yangi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkin

    Xitoydagi bir nechta fermada mikrobiologlar cho‘chqa grippining yangi shtammini topdi. Mazkur shtammdagi mutatsiya unga bir odamdan boshqasiga yuqish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e’lon qilindi, deb yozmoqda “TASS”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “G4 virusi yangi gripp pandemiyasini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan barcha patogen belgilarga ega. O‘z ko‘rinishi bilan u mavsumiy gripp shtammlaridan farq qiladi va odamdan odamga o‘tishi mumkin. Unda 2009-yilda cho‘chqa grippi pandemiyasini yuzaga keltirgan H1N1 virusining barcha belgilari mavjud”, — deb yozadi olimlar.

    Mavzuga doir: COVID-19 o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavotirli? So‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari

    XXI asrning birinchi o‘n yilligi oxirida dunyoda parranda va cho‘chqa grippi tarqaldi va bir necha ming kishining umriga zomin bo‘ldi. Shifokorlar va biologlar ana shu viruslar tarqalishidan qilgan xulosada insoniyatga qamrovi jihatdan XX asrning birinchi yarmida millionlab odamlarni hayotdan olib ketgan “Ispan grippi”ga o‘xshash bo‘lgan yangi pandemiya xavf solishi mumkinligi aytilgan.

    Hozircha bunday gripp epidemiyasi bir sababga ko‘ra yuz bermadi — cho‘chqa va parranda grippi havo-tomchi yo‘li bilan tarqalishni bilmaydi va odamdan odamga tez o‘ta olmaydi. Boshqa tomondan, 2011-yilda o‘tkazilgan tajribaga ko‘ra, parranda grippi virusi uchun uchta kichik mutatsiya kerak. Keyinroq xitoylik olimlar tomonidan aniqlanishicha, H7N9 virusi shtammining tabiiy ko‘rinishlari mazkur mutatsiyalardan biriga ega bo‘lgan.

    Xitoyning chorvachilik fermalarida uchraydigan viruslarni qayta ko‘rib chiqayotgan Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi direktori Jorj Gao boshchiligidagi mikrobiologlar cho‘chqa grippi shtammida ham mutatsiya yuz berganini aniqlagan.

    Mavzuga doir: Keyingi pandemiyaning ehtimoliy sababi Amazoniyadagi virus bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi

    Yangi cho‘chqa grippi

    Gao va uning hamkasblari ta’kidlashicha, so‘nggi 20 yil davomida 2009-yilda pandemiya boshlanishiga sabab bo‘lgan pdm/09 virusining yaqin qarindoshi — H1N1 shtammi cho‘chqalar orasida ustunlik qilishni boshlagan. Pandemiya tugaganidan keyin mazkur virus cho‘chqalar populyatsiyasi orasiga “qaytgan” va ular orasida tarqalishni boshlagan. Shuning uchun olimlar 2011—2018-yillarda Xitoy fermalaridagi hayvonlar organizmida mavjud bo‘lgan gripp turlarini batafsil kuzatib boradi.

    Aniqlanishicha, pdm/09 virusining paydo bo‘lishi va tabiiy evolyutsion jarayonlar H1N1 virusining bir necha alohida yo‘nalishda rivojlanishiga olib keldi. Ularning har birida o‘zining mutatsiya to‘plami bo‘lgan. Yaqinda ulardan biri — G4 cho‘chqalar orasida ustunlik qilishni va boshqa virus turlarini siqib chiqarishni boshlagan.

    Bu shtamm H1N1 va pdm/09 o‘rtasidagi virus hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, bu shtamm cho‘chqa birdaniga H1N1 va pdm/09 viruslari bilan kasallanishi natijasida yuzaga kelgan. Yangi shtamm pdm/09 virusidan M genini meros qilib olgan. Bu gen yangi virus bo‘laklarini yig‘adi va mazkur virusning yuqori o‘lim darajasiga ega bo‘lishining asosiy sababchisi hisoblanadi.

    Odam hujayralari va latchalarda o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, bu shtamm odam o‘pkasi hujayralariga kirishi va havo-tomchi yo‘li bilan yuqishi mumkin. Buning ustiga, G4 virusi uning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan ikki virusga qaraganda latchalarda kasallikning og‘irroq ko‘rinishlarini keltirib chiqaradi.

    Latchalarda o‘tkazilgan keyingi tajribalarning ko‘rsatishicha, grippga qarshi mavjud bo‘lgan barcha vaksinalar bu hayvonlarni kasallanishdan himoya qila olamagan. Bu G4 virusi H1N1 va pdm/09 viruslaridan farqli ravishda boshqa antigen guruhiga mansubligi bilan bog‘liq. Biologlarning ta’kidlashicha, bu holat mazkur shtamm insoniyat populyatsiyasi uchun juda xavfli ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun fermalardagi epidemiologik vaziyatni qat’iy nazorat qilish kerak.

    Olimlar tomonidan 15 ta ferma xodimlarida G4 virusiga qarshi antitana testi o‘tkazilgan. Natijalarning ko‘rsatishicha, xodimlarning 10-15 foizi grippning bu shakli bilan aloqada bo‘lgan. Shu sababli Gao va uning hamkasblari bu virus yaqin yillarda yangi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkinligini istisno qilmayapti. Ularning xulosasiga ko‘ra, yangi pandemiyaga tayyor bo‘lish kerak.

    Mavzuga doir:

    • Ekspertlar pandemiyaning ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi
    • Deutsche Bank koronavirusning tarixdagi eng yomon pandemiya bo‘lish imkoniyatlarini baholadi

    01.07.2020, 06:07   Izoh (0)   28225
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar koronavirus inson organizmining yana qaysi organiga zarar yetkazishini ma’lum qildi

    29.06.2020, 18:13

    Olimlar: Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bir nechta yangi kasalliklar paydo bo‘ladi

    28.06.2020, 18:28

    Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratildi

    27.06.2020, 21:39

    Olimlar koronavirus epidemiya boshlanishidan bir yil avval Yevropada paydo bo‘lganini aniqladi

    27.06.2020, 17:35

    Koronavirusni bir necha soniyada yo‘q qilish usuli topildi

    26.06.2020, 16:54

    Ekspertlar pandemiyaning ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi

    25.06.2020, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Barselonada avtomobil futbol muxlislari ustiga haydaldi (video)

    Dunyo | 16 may, 10:05

    Aktyor Jerar Depardye jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

    Kino | 16 may, 10:00

    O‘zbekistonda 9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan shaxs Rossiyada ushlandi

    O‘zbekiston | 16 may, 09:50

    “Tolibon” Afg‘onistondagi yagona kinostudiyani yopdi

    Afg'oniston | 16 may, 09:43

    Forbes. So‘nggi bir yil ichida eng ko‘p daromad qilgan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 16 may, 09:30

    La Liga. “Barselona” Ispaniyada mavsum chempioniga aylandi

    Sport | 16 may, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.