Xitoylik opera xonandasi Lyu Ketsin TikTok ijtimoiy tarmog‘ida mamlakat yetakchisi Si Szinpinga juda o‘xshagani uchun bloklandi. Bu uning ijtimoiy tarmoqda uchinchi marta bloklanishi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: YouTube

63 yoshli Lyu Ketsin muntazam ravishda o‘z shaxsini tasdiqlasa ham uning akkaunti bloklanishda davom etmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda uning sahifasi mavjud, biroq ko‘plab videolar ostiga izoh yozib bo‘lmaydi.

Foto: Daily Mail

67 yoshli Xitoy yetakchisining qiyofadoshi Berlinda yashaydi. Uning sahifasida 40 mingdan ortiq folloveri bor.