Sun’iy intellektga ega Erika ismli robot ilmiy-fantastik filmda bosh rolni ijro etadi. Ushbu film robot aktyor sifatida jalb etilgan birinchi kartina bo‘ladi, deb yozadi Hollywood Reporter.

Foto: YouTube

Kartina budjeti 70 million dollarni tashkil etadi.

Filmda o‘zi yaratgan inson DNKsini mukammallashtirish uchun dasturning qanchalik xavfli ekanligini anglagan olim haqida so‘z boradi. U o‘zi yaratgan sun’iy intellektga ega ayolni qutqarishga urinadi.

Suratga olish jarayoni boshlanishidan avval Erika bilan harakatlarni modellashtirish hamda o‘zini tutish borasida ishlar olib borildi.

Kartinani suratga olish ishlari allaqachon boshlangan. 2019-yilda Erika bilan Yaponiyadagi sahnalar suratga olingan. Shuningdek, suratga olish ishlari Yaponiyada ham olib boriladi.

Qayd etilishicha, Erika ikki yil oldin Osaki va kiotolik olimlar tomonidan ishlab chiqarilgan.