Koronavirus pandemiyasi sabab Sharq gavhari, yer yuzining sayqali bo‘lmish Samarqand huvillab qolgan edi, deb yozadi Sputnik.

Foto: Sputnik

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab turizm sohasi minglab ish o‘rinlarni yo‘qotdi, Samarqand viloyatida turizm xizmatlari 90 million dollar zarar ko‘rdi.

Samarqand mamlakat aholi orasida ham katta shuhratga ega. Boshqa mintaqalardan Samarqanddagi bir necha ming yillik tarixiy obidalarni ko‘rish istagida bo‘lganlar bisyor.

Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, ichki turizmni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan edi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ichki turizm sohada 200 mingdan ziyod aholini ish bilan ta’minlashi mumkin. Mutasaddilarga yangi ichki turizm marshrutlari ochish, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytirishga oid ko‘rsatmalar berilgan.

Samarqanddagi sayyohlik obyektlarida barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmoqda. Kirish va chiqish joylarida dezinfeksiya yo‘lagi o‘rnatilgan va tashrif buyuruvchilarning harorati o‘lchanadi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik