Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyaning Top Gear avtomobillar haqidagi shousi boshlovchisi Peddi Makginnes ko‘rsatuvning navbatdagi sonini suratga olish jarayonida 225 ming funt sterling turadigan Lamborghini Diablo’da avariyaga uchradi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

YTHning taxminiy sababi — yomg‘irdan so‘ng yo‘lning sirpanchiqligi.

Makginnessning aytishicha, u soatiga 55 kilometr tezlikda harakatlangan. Qimmatbaho sportkar yo‘ldan chiqib ketib, simli devorga urilgan hamda to‘xtagan.

Avariya oqibatida Lamborghini Diablo’ning orqa bamperi to‘liq uzilib tushgan. Avtomobilning ta’miri qanchaga tushishiga oydinlik kiritilmagan. YTHdan so‘ng ham ko‘rsatuvni suratga olish ishlari davom etgan. Boshlovchi Skoda Octavia avtomobiliga o‘tirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi