O‘zbekistonda 19-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 65 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 1 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 36 tasi Toshkent shahrida (shundan 22 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 14 tasi esa aholi orasida);
  • 12 tasi Xorazm viloyatida (shundan 11 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 1 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida);
  • 8 tasi Toshkent viloyatida (shundan 6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 2 tasi aholi orasida);
  • 7 tasi Namangan viloyatida (shundan 4 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 3 tasi aholi orasida);
  • 1 tasi Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 88 kishida koronavirus aniqlangandi.

Hozirda kasallikka chalingan 5920 nafar fuqarodan 4273 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.