Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalariga qabul masalalari yuzasidan AOKAda o‘tkazilgan brifingda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev joriy yilgi kirish imtihonlarining adolatli o‘tishi qay tartibda nazorat qilinishi haqida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi “Kun.uz”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Musayevning ta’kidlashicha, abituriyentlarni imtihonga tekshiruvdan o‘tkazib kiritish masalasi huquqni muhofaza qilish organlar bilan ko‘rib chiqilmoqda.

“Pandemiya sharoitida abituriyentni tekshirish orqali kontaktga kirishish sodir bo‘ladi. Biroq biz ham tekshiruvchini himoya qiladigan, ham abituriyentlarning nazoratini ta’minlaydigan tizim ishlab chiqamiz”, – dedi Behzod Musayev.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, imtihon o‘tadigan muddatda barcha mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yishning imkoni yo‘q, bu qolgan odamlarga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

“Mo‘ljalimiz bo‘yicha avgust oyi respublikada to‘liq test oyi bo‘ladi. Shuning uchun hamma telefonlarni o‘chirmagan holda nazoratni tashkil qilamiz. Kattaroq tadbirlarga bizni ham tekshiruvdan o‘tkazib, keyin kiritishadi. Xuddi shu kabi ichkariga berkitib telefon olib kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarni aniqlash qiyin emas. Agar kimda telefon aniqlansa, testga yaqinlashtirilmaydi, kerak bo‘lsa, ular keyingi yil ham imtihonga kiritilmaydi”, – dedi u.

Behzod Musayev qoidalar avvaldan e’lon qilinishi, qoidabuzarlarga qattiq chora ko‘rilishini bildirgan.

Avvalroq O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga 2020/2021-o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalariga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5025 nafar talaba qabul qilinadi. Magistratura bosqichiga esa 10 425 nafar kvota berilgan. Shuningdek, OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda