Daryo

O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Prezidentining “2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

1 daqiqa o‘qish129 624 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Davomi: O‘zbekistonda abituriyentlarning hujjat topshirish muddati va tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Prezidentining “2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Foto: “Daryo”

Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi xabariga ko‘ra, Prezident qarori bilan 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

Bakalavriat:
  • kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;
  • kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar.
Magistratura – 10 425 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Bitiruvchilar attestat olishi shart emas, XTV bazasidagi ma’lumot DTM bazasiga o‘tkaziladi.

Avvalroq so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar