Telegram’dagi kanallarda Toshkent ko‘chalari bo‘ylab avtopilot rejimida harakatlanayotgan Tesla modelining videosi paydo bo‘ldi.

Videodan ko‘rish mumkinki, avtomobil Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab to‘liq avtonom holatda harakatlanmoqda. Video ostiga qoldirilgan izohda haydovchilarga hozirgacha ushbu funksiyadan foydalanmaslik tavsiya qilinadi.