Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 20 nafar hamda Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 28 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

10-iyun kuni Toshkent shahrida bir yo‘la 49 nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi. Ular orasida bir nafar tojikistonlik 40 yoshli bemor ham bor.

Shu tariqa Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar soni 1592 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar soni 847 nafarni tashkil etmoqda.

Navoiy viloyatida 10-iyun kuni 8 nafar bemor sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 150 nafarga yetdi. Viloyatda 92 nafar bemorni ushbu infeksiyadan davolash ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 10-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 4591 nafarga yetgan. Kasallikdan sog‘ayganlar esa jami 3532 nafarni tashkil qilmoqda. Virus asoratlaridan 18 kishi vafot etgan.