Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi “Buzrukxonto‘ra” mahallasida joylashgan qabriston hududidagi ikki tup chinor daraxtini ruxsatsiz kesgan fuqaro shaxsi aniqlanib, jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Mazkur holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Jalaquduq tumani inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, mazkur harakatni Oyim shaharchasi, Nodira ko‘chasida yashovchi fuqaro Yu.Z. amalga oshirgan.

Holat bo‘yicha fuqaro Yu.Z.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 million 115 ming so‘m jarima qo‘llanilgan. Bundan tashqari 6 million 88 ming so‘m miqdoridagi zararni undirish bo‘yicha tuman prokuraturasiga ma’lumotnoma kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 30-oktabridagi Prezident farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan qimmatli daraxt va butalarni kesishga 2020-yil 31-dekabriga qadar moratoriy e’lon qilingan. Ushbu davr mobaynida qimmatli daraxt va butalarni kesishga ruxsatnoma berilishi taqiqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi