Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatdagi “yashil” hududlarda tibbiy niqob taqish majburiyati masalasida berilgan savolga javob qaytardi.
Fuqarolar tomonidan “ ‘yashil’ hududda tibbiy niqob taqmasa bo‘ladimi?”, degan savol yo‘llangan.
Ma’lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasi xulosasiga ko‘ra, hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi tartibga rioya qilinishi shart:
- jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obyektlarida 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash;
- fuqarolarning tibbiy niqobdan foydalanishi;
- uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik;
- antiseptik vositalardan foydalanish.
Izoh (0)