O‘zbekistonda 7-iyun kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 121 kishiga ko‘payib, 4302 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining

  • 13 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 98 tasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida;
  • 2 tasi Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida;
  • 8 tasi Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida

qayd etilgan.

Ayni vaqtda 955 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Hozirgacha 3330 nafar bemor (shundan 62 nafari 7-iyun kuni) sog‘aygan, 17 nafari esa vafot etgan.